M. Qo’shjonov hayoti va ijodi. Reja. M. Qo’shjonov nazariyotchi olim va etuk munaqqid

Download 205.63 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi205.63 Kb.
#1427074
1   2   3   4   5
Bog'liq
M. Qo\'shjonov

O’zbek tanqidchilari orasida Abdulla Qodiriyning yozuvchilik san’ati, mahoratining o’ziga xos qirralarini ilk bor ochish baxti ham Matyoqub Qo’shjonovga nasib etdi. Abdulla Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish jarayonini ko’rsatishdagi “sir saqlash” san’atini birinchi bo’lib Matyoqub Qo’shjonov ko’ra oldi. Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor ijodiga xos bo’lmagan “voqealarni sirli bayon etish” san’atini ko’rsatishga keng o’rin berilgan. Zotan voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo’lib xizmat qilgan.

Adabiyotshunos A.Qodiriy badiiy mahoratining qirralarini (“sir saqlash”, “perepitiya, ichki va tashqi kolliziyalar birligi, antiteza”) asardagi asosiy obrazlar-Otabek va Kumsh xarakteri orqali ochishga intiladi. Haqiqatdan ham, romandagi Otabek va Kumush xarakteri voqealarni bir-biriga bog’lovchi, asar syujetini harakatlantiruvchi asosiy kuch. Buni muallifning asar muqaddimasidagi ushbu so’zlar ham tasdiq etadi: “Romanning bosh g’oyasi asosan etakchi obrazlarda ifodalangani uchun bu obrazlarning yaratilishi to’g’risida ko’proq to’xtashfoydalidir. Chunki bu masala yozuvchi san’atining belgilovchi asosiy omillardandir”.

Тошкент.1994,8-бет.

“Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati” kitobini tanqidchi mustaqillik yillarida qaytadan nazardan o’tkazib, “O’zbekning o’zligi” nomi bilan nashr ettirdi. Romanning tekshirishda munaqqid tarixiylik tamoyillariga qat’iy amal qiladi va o’z fikrlarini istiqlol mafkurasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqillik ruhi bilan sug’orilganligi, A.Qodiriy ijodining bugungi zamonamiz uchun ahamiyatli jihatlariga e’tibor berganligi bilan diqqatga sazovordir. Kitob ehtiros bilan yozilgan va kitobxonga qimmatli ma’riy oziq beradi, unga estetik zavq bag’ishlay oladi.

Download 205.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling