M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


SHovqinli tovushlarning hosil qilinishi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
logopediya

SHovqinli tovushlarning hosil qilinishi 
Sirg‘aluvchi tovushlarda bo‘lgan kamchiliklar shovqinli (sh, j, ch
tovushlarda ham uchraydi. Bundan tashqari, shovqinli tovushlar sirg‘aluvchi 
tovushlar bilan almashtiriladi. Masalan, sh tovushi s tovushi bilan, j tovushi z 
tovushi bilan almashtirilishi mumkin. Bunday almashtirish sirg‘aluvchi 
sigmatizm deb nomlanadi. SHovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 
quyidagi usullar yordamida bartaraf etiladi. 
SH tovushini hosil qilish uchun taqlid usulidan foydalanish mumkin. Bu usul 
natija bermasa, mexanik usuldan foydalaniladi. Bunda bolaga s tovushini ayttirib
shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida til bir oz yuqoriga ko‘tarilib, orqaga 
biroz itariladi. SHu vaqtda s tovushi o‘rniga sh tovushi, z tovushi o‘rniga j tovushi 
hosil bo‘ladi. Logoped sekin-asta bolaga tilni shu holda ushlab turishga o‘rgatadi. 
Keyinchalik logoped aniq hosil qilingan sh va j tovushlarini bo‘g‘inlarda, 


90 
so‘zlarda, jumlalarda mustahkamlaydi. Bulardan tashqari sh, j va sirg‘aluvchi s, z 
tovushlarini bir-biridan farqlash uchun og‘zaki va yozma mashqlar olib boradi. 
J tovushi talaffuzi j tovushi talaffuzidan farq qiladi. Shuning uchun j tovushi 
talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish o‘ziga xos xususiyatlardan iborat 
bo‘lib, quyidagi usul yordamida bartaraf etiladi. Logoped bolaga ch tovushni aniq 
talaffuz etishni taklif etadi va ch tovushini talaffuz etish vaqtida ovoz qo‘shib 
talaffuz etish buyuriladi, bunda ch tovushi o‘rniga j tovushi hosil bo‘ladi. 1.
Hosil qilingan 
җ tovushi avval bo‘g‘inlarda, so‘ng so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda 
mustahkamlanadi. 
Qorishiq ch tovushini hosil qilish uchun logoped bolaga j tovushini talaffuz 
etishni taklif qiladi. Bola j-j-j tovushlarini bir necha marta talaffuz etish vaqtida 
logoped maxsus zond yordamida til uchini orqaga biroz itaradi, Shunda j tovushi 
o‘rniga qorishiq ch tovushi hosil bo‘ladi. Ch tovushini bola mustaqil talaffuz 
qilgach, ch tovushi avval yopiq bo‘g‘inlarda (ach-och-uch-ich-uch), so‘ng ochiq 
bo‘qinlarda (cha-cho-chu-chi) mustahkamlanadi. 
Ch tovushi bo‘g‘inlarda mustahkamlangach, uni so‘zlarda, jumlalarda, she’r 
va hikoyalarda mustahkamlash tavsiya etiladi. Bulardan tashqari s va ts, s va sh 
tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. 
Sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlarni bir-biridan farqlash bo‘yicha olib 
boriladigan ishlar taxminan quyidagi izchillikda olib borilishi tavsiya etiladi: s-z, 
sh-j, s-sh, z-j, s-ch. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling