M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n
Yoshlar va bolalarni ijtimoiy ta’minoti
Download 59.42 Kb.
|
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)
Yoshlar va bolalarni ijtimoiy ta’minoti
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so„ng, bolalarni qo’llab quvvatlash, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta‟minlash maqsadida bir qator qonunlar amalga kiritildi. Bular “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi hamda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlaridir. O’zbekiston Respublikasi davlat yoshlar siyosatining asosiy maqsadi bolalar va yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy choralar tizimi va uning fuqarolik va kasbiy rivojlanish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishdir. Hozirgi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish, hayotga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu masala davlat tashkilotlari va bir qator mutaxassislar – pedagoglar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari diqqat-e’tiboridadir. Kuchli ijtimoiy siyosat o’zbek ijtimoiy rivojlanish modelining ustuvor yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi bosqichda ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi – aholining turmush darajasi va sifatini yanada yuksaltirishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy jamiyatining ijtimoiy tuzilmasida namoyon bo’lgan aholi turli qatlamlari, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar uchun differensial yondashuvni o’z ichiga olgan bir qator xususiyatlar mavjud. Yuqorida ta‟kidlab o’tilgan barcha qonunlarni amalga oshirishda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning hayotga moslashuvida ishtirok etuvchi barcha mutasaddi tashkilotlarning hamkorlikda ishlashini taqozo etadi. Mana shu tashkilotlar ya’ni, ta’lim muassasasi, davlat organlari, mahalla, va oila o’rtasidagi ijtimoiy hamkorlik mavjud bo„lgan muammolarni oldini olishga imkon beradi. Noqobil oilalar va tarbiyasi og’ir bolalarni turar joyi bo’yicha aniqlash, ular Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta’minoti va himoyasi o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirishga amaliy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu tizimda bolalar va yoshlar alohida o’rin egallab, ular yoshlarning eng o’qimishli, mobil va ijtimoiy jihatdan faol qismidir. O’zbekiston Respublikasining davlat siyosati nafaqat, bolaning ijtimoiy himoyasiga balki, uning jamiyatga ijtimoiy moslashuvida ham katta rol o’ynaydi. Shu bilan bir qatorda bolalarning ijtimoiy himoyasi va ijtimoiy moslashuvi nafaqat davlatning mas‟uliyatida balki, butun bir jamiyatning va har bir fuqaroning insoniylik burchidir. Bu siyosat oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar madaniyatini rivojlanishiga erishishga qaratilgan Download 59.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling