M. S. Tulayev


 Italiyalik olim Luka Pacholining “Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi”


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
2. Italiyalik olim Luka Pacholining “Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi” 
traktati 
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning 
tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga 
o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya 
hisobida ikki yoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. 
Har bir xo‘jalik operatsiyasining ikki marta bir schyotning debetiga va
boshqa bir schyotning kreditiga bir xil summada qayd qilinishiga ikki yoklama 
yozuv deb aytiladi. Bu xo‘jalik operatsiyalari natijasida hisobning ikkita obyektiga, 
ya’ni ikkita schyotga ta’sir ko‘rsatiladi. 
1494- yili italiyalik matematik, faylasuf va olim Luka Pacholi ikki yoqlama 
yozuv metodini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi 
traktatida» (lat. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va 
«ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» 
schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb ta’kidlagan. 
Agar ular teng kelmasa, bilinki sizning hisob-kitoblaringizda xatolik mavjud. 
Ikki yoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro 
aloqa schyotlar korrespondensiyasi deyiladi. Bu korrespondensiya qatnashuvchi 
schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. 
Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya 
provodkasi deyiladi. 


21 
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Agar buxgalteriya 
provodkasida bir schyot debetlanib ikkinchi bir schyot shu summaga kreditlansa 
bunday provodka oddiy buxgalteriya provodkasi deb aytiladi. 
Agar bir schyot debetlanib boshqa bir necha schyotlar kreditlansa yoki bir 
necha schyotlar debetlanib boshqa bir schyot kreditlansa bunday buxgalteriya 
provodkasi murakkab buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik 
operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har 
bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning 
kreditiga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, 
barcha schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. 
Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat 
beradi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lishiga qarab ketma-ket qayd qilish 
xronologik yozuv deyiladi. Bu xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarning debet va 
kreditlariga qayd qilish sistematik (muntazam) yozuv deb ataladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling