M. S. Tulayev


Buxgalteriya balansi, aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
3. Buxgalteriya balansi, aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, 
daromad, xarajat, foyda, zarar va rezervlar 
 
Moliyaviy ahvol – korxona mulkida bo‘lgan iqtisodiy resurslarni mavjudligi 
va ularga qarama-qarshi bo‘lgan jami kapitaldir. Moliyaviy ahvolni faqat ma’lum 
davrga aniqlash mumkin. 
Iqtisodiy resurslar = Jami kapital 
Korxonaning jami kapitalini ikki turga bo‘lish mumkin: 
- xususiy kapital; 
- jalb qilingan kapital (kreditorlik qarzlar - majburiyatlar). 


22 
Iqtisodiy resurslarni buxgalteriya hisobida aktivlar deb, kreditorlik qarzlarni 
esa - majburiyatlar deb ataladi. Unda moliyaviy ahvolning tenglamasi quyidagi 
ko‘rinishda tasavvur qilinadi: 
Majburiyatlar_+_Xususiy_kapital_Ushbu_tenglama_balans_tenglamasi_sifatida_ma’lum._Uning_ikki_qismi_albatta_bir-biriga_teng_bo‘lishi_kerak._Aktivlar'>Aktivlar = Majburiyatlar + Xususiy kapital 
Ushbu tenglama balans tenglamasi sifatida ma’lum. Uning ikki qismi albatta 
bir-biriga teng bo‘lishi kerak. 
Aktivlar – kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutiladigan, o‘tib ketgan 
davrlardagi hodisalar natijasida vujudga kelgan va korxona nazoratida bo‘lgan 
iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch asosiy tavsiflarga ega: 
- kelgusi iqtisodiy nafni, ya’ni pul mablag‘lari yoki uning ekvivalentlarning 
oqimiga bevosita yoki bilvosita kiritilgan imkoniyatlarni o‘z ichida saqlaydi; 
- kelgusida olinadigan ushbu iqtisodiy naflar korxona tomonidan nazorat 
qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak; 
- oldin sodir bo‘lgan hodisa yoki bitimlarning natijasi hisoblanadi. 
Majburiyatlar – o‘tib ketgan davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida 
paydo bo‘lgan korxonaning qarzdorligidir, ushbu qarzlarni qaytarish esa 
korxonaning resurslarini kamayishiga olib keladi. Majburiyatlar ham uch asosiy 
tavsifga ega: 
- o‘zida mavjud bo‘lgan (ammo kelgusi emas) majburiyatni ifodalaydi, 
buning natijasi esa aktivlar bilan haq to‘lanishi yoki xizmatlarni bajarilishiga olib 
keladi; 
- majburiyatni bajarish korxona uchun majburiy va deyarli muqarrar bo‘ladi; 
- o‘tib ketgan davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo‘ladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling