M. S. Tulayev


 Ijobiy va salbiy auditorlik xulosasi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

2. Ijobiy va salbiy auditorlik xulosasi 
“Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti O’zbekiston 
Respublikasining 
"Auditorlik 
faoliyati 
to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq 
o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik 
xulosasini tuzishning yagona tartibini belgilaydi. 
Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini 
yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy 
hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat 
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari 
(aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat; 
Auditorlik xulosasi – moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya 
hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligi 
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat; 
Ijobiy fikr – bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida ifodalangan 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini, 
moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirgan va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonun talablariga muvofiq kelgan holatdagi fikri; 
Modifikatsiyalangan fikr - bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida 
quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr 
bildirishni rad etish; 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga 
baho berishi lozim: 
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish 
uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga; 


68 
alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib 
ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim 
hisoblanishiga; 
qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga; 
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, 
tushunarli va o‘rinli ekanligiga; 
moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga 
doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga. 
Auditorlik xulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat: 
auditorlik xulosasining nomi
adresati; 
kirish qismi; 
qayd etish qismi; 
yakuniy qismi; 
auditorlik xulosasini berish sanasi; 
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi, auditorlik 
tashkilotining muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda). 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling