M. S. Tulayev
Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
3. Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun ijobiy auditorlik xulosasining o‘rni Auditorlik xulosasi yozma ko‘rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi ko‘rsatilgan va imzolangan moliyaviy hisobotning nusxasi ilova qilinadi. Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi o‘rtasidagi kelishuviga muvofiq belgilangan miqdordagi nusxada tayyorlanadi, bunda auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi 69 moliyaviy hisobot nusxasi ilova qilingan auditorlik xulosasidan kamida bir nusxadan olishlari kerak. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobot bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarining nusxalarini, shu jumladan ushbu hujjatlarning elektron versiyalarini, kamida besh yil muddatda ishonchli saqlanishini ta’minlashi shart. Auditorlik tashkilotidan auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda faqat bunga vakolat berilgan organlar tomonidan olib qo‘yilishi mumkin. Auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish uchun javobgar hisoblanadi. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushub axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Majburiy va tashabbus shaklidagi auditning farqini aytib bering 2. Ijobiy va salbiy auditorlik xulosasi turlarini sanab bering 3. Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun ijobiy auditorlik xulosasining o‘rni va ahamiyatini sanab bering Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling