M. S. Tulayev


 Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi 
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi 
"Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga 
muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin 
tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona 
tartibini belgilab beradi. 


86 
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
tatbiq etiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan 
bo‘yin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi. 
Quyidagilar: 
hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobot 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilmasligi; 
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt 
oldingi yil uchun o‘z yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1 mayigacha 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom bo‘lgandan keyin 
15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan 
tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi. 
Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim 
etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi 
mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim 
etishi kerak. 
Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan 
bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo 
qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan 
ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7-
bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda 
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik 
subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan 
huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan 
taqdirda esa - jarima soliq organi tomonidan solinadi.
Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik 
subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq 


87 
bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda 
bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi.
Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xo‘jalik 
yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni 
sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda 
undirib olinadi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling