M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

Tekshiruvchanlik. Tekshiruvchanlik foydalanuvchilarga axborotda taqdim 
qilinishi ko‘zlangan iqtisodiy hodisa ishonchli taqdim qilinganligiga ishonch xosil 
qilishga yordam beradi. Tekshiruvchanlik shuni anglatadi-ki, boshqa-boshqa 
xabardor va mustaqil kuzatuvchilar muayyan tavsif ishonchli taqdim qilinganligi 
to‘g‘risida konsensusga, to‘liq murosaga bo‘lmasa ham, kelishi mumkin. 
Tekshiruvchan bo‘lishi uchun miqdoriy axborot aniq baholangan yagona qiymat 
bo‘lishi shart emas. Ehtimol qiymatlarning diapazoni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
ehtimolliklarni ham tekshirish mumkin.
Tekshirish bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita tekshirishda 
summa yoki boshqa takdim qilingan ma’lumot bevosita kuzatuv, masalan naqd 
pulni sanash, orqali tekshiriladi. Bilvosita tekshiruvda model, formulaga 
kiritiladigan yoki boshqa usulda ishlatiladigan dastlabki ma’lumotlarni tekshirib, 
olingan natijalar yana xuddi shu usullarni qo‘llagan holda qayta hisoblanadi.
O’z vaqtida taqdim etish. O’z vaqtida taqdim etish degan, qaror qabul 
qiladigan tomonlarning arorlariga ta’sir qilish mumkin bo‘lishi uchun, axborot 
ularning qo‘lida o‘z vaqtida bo‘lishini anglatadi. Odatda, axborot qancha eskiroq 
bo‘lsa shuncha foydasi kamroq bo‘ladi. Ammo, ba’zi ma’lumotlar hisobot davri 


100 
tugashidan keyin ham ancha vaqtga cho‘zilishi mumkin, chunki, masalan, ba’zi 
foydalanuvchilarga tendensiyalarni aniqlash va baholash kerak bo‘lishi mumkin. 
Tushunarlilik. Axborotni aniq va lo‘nda guruhlanishi, tavsiflanishi va taqdim 
qilinishi ushbu axborotni tushunarli bo‘lishiga olib keladi. 
Ba’zi hodisalarga murakkablik xos va ularni tushunish uchun osonlashtirib 
bo‘lmaydi. Bunday hodisalar to‘g‘risidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga 
kiritmaslik ushbu moliyaviy hisobotlardagi axborotni tushunishni osonlashtirishi 
mumkin. Ammo, bunda ushbu hisobotlar to‘liq bo‘lmaydi va shuning uchun ular 
foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar biznes va iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida yetarlicha bilimga 
ega bo‘lgan va axborotni qunt bilan ko‘rib chiqadigan va tahlil qiladigan 
foydalanuvchilar uchun tayyorlanadi. 
Ba’zida, xabardor bo‘lgan va qunt bilan yondashadigan foydalanuvchilar 
ham murakkab iqtisodiy hodisalar to‘g‘risidagi axborotni tushunishi uchun 
maslahatchiga murojaat qilishga majbur bo‘lishlari mumkin. 
Foydalilikni oshiradigan sifat xususiyatlariga iloji boricha maksimal ravishda 
erishish kerak. Lekin, foydalilikni oshiradigan sifat xususiyatlari, xoh alohida, xoh 
birgalikda, axborotni foydali qila olmaydi, agar bu axborot o‘rinli bo‘lmasa yoki 
ishonchli taqdim etilmasa. 
Foydalilikni oshiradigan sifat xususiyatlarini qo‘llash – bu takror-takror 
bajariladigan jarayon va u oldindan belgilangan tartibga rioya qilmaydi. Ba’zida, 
foydalilikni oshiradigan bitta sifat xususiyati boshqa sifat xususiyatiga maksimal 
ravishda erishish uchun kamaytirilishi mumkin.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling