M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
 
2. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS). Xalqaro audit 
standartlari 
Asosiy sifat xususiyatlari o‘rinlilik va ishonchli taqdim etishlardir. 
O’rinlilik. O’rinli moliyaviy axborot foydalanuvchilar qabul qiladigan 
qarorlarni o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Hatto ba’zi foydalanuvchilar undan 
foydalanmaslikka qaror qilgan yoki ushbu axborot ularga boshqa manbalardan 
ma’lum bo‘lgan holatlarda ham axborot qarorlarni o‘zgartirish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Moliyaviy axborot agar u bashorat qilish, tasdiqlash yoki ikkalasi uchun ham 
ahamiyatga ega bo‘lsa, u qarorlarni o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Moliyaviy axborot, agar undan foydalanuvchilar kelgusidagi natijalarni 
oldindan aytish uchun qo‘llaniladigan jarayonlarda dastlabki ma’lumotlar sifatida 
8
Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti


96 
ishlatilishi mumkin bo‘lsa, u bashorat qilish uchun ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Bashorat qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lish uchun moliyaviy axborot bashorat 
yoki prognoz bo‘lishi shart emas. Bashorat qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan 
moliyaviy axborotni foydalanuvchilar o‘zlarining bashoratlarini amalga oshirishda 
ishlatadi. 
Moliyaviy axborot agar u oldingi qilingan baholashlar haqida ma’lumot bersa 
(ularni tasdiqlasa yoki o‘zgartirsa), u tasdiqlash uchun ahamiyatga ega bo‘ladi.
Muhimlik. Axborot, agar uning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‘rsatilishi 
ma’lum hisobot beruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi moliyaviy axborot 
asosida foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishi 
mumkin bo‘lsa, u muhim deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, muhimlik, alohida 
tadbirkorlik subyektining moliyaviy hisoboti doirasidagi axborotga tegishli bo‘lgan 
moddalarning mohiyati va kattaligi yoki ikkalasiga ham asoslangan, tadbirkorlik 
subyektiga xos bo‘lgan o‘rinlilikning bitta jihatidir. Shunday ekan, Kengash
muhimlikning yagona miqdoriy me’yorini belgila olmaydi yoki alohida vaziyatda 
nima muhim bo‘lishi mumkinligini oldindan aniqlay olmaydi. 
Moliyaviy hisobotlar iqtisodiy hodisalarni so‘z va sonlarda ifodalaydi. 
Foydali bo‘lishi uchun, moliyaviy axborot nafaqat o‘rinli hodisani taqdim etishi 
kerak, balki u taqdim etishni maqsad qilib qo‘ygan hodisani ishonchli taqdim etishi 
ham kerak. Mutlaqo ishonchli taqdimot uchun biror narsani tavsiflaydigan 
ma’lumot uchta xususiyatga ega bo‘lishi kerak. U to‘liq, betaraf va xatolikdan 
xolis bo‘ladi. Shubhasiz, mukammallik kamdan-kam uchraydi, agarda umuman 
unga erishib bo‘lsa. Kengashning maqsadi ushbu xususiyatlarga erishishni mumkin 
bo‘lgan darajada maksimallashtirishdir.
To‘liq tavsif, foydalanuvchi tavsiflanayotgan hodisani tushunishi uchun zarur 
bo‘lgan barcha ma’lumotni o‘z ichiga oladi, shu jumladan barcha zarur ta’riflar va 
izohlarni. Masalan, aktivlar guruhining to‘liq tavsifi, kamida, guruhdagi aktivlar 
mohiyatining tavsifini, guruhdagi barcha aktivlarning sondagi ifodasini, va ushbu 
sondagi ifoda nimani (masalan, boshlangich qiymatni, tuzatilgan qiymatni yoki 
haqqoniy qiymatni) bildirishi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan bo‘lar edi. 


97 
Ba’zi moddalar bo‘yicha to‘liq tavsif ushbu moddalarning sifati va mohiyatiga 
tegishli bo‘lgan ahamiyatli faktlar, ularning sifati va mohiyatiga ta’sir qilishi 
mumkin bo‘lgan omillar va jihatlar hamda ularning sondagi ifodasini aniqlash 
uchun qo‘llaniladigan jarayon to‘g‘risida tushuntirishlarni ham talab etishi 
mumkin. 
Ishonchli taqdim etish barcha jihatdan aniq yoki to‘g‘ri degani emas. 
Xatolikdan xolis degani hodisani aks ettirishda xatolarga yoki tushirib qoldirishga 
yo‘l qo‘yilmaganligi, va taqdim qilinadigan axborotni tayyorlash uchun 
ishlatiladigan jarayon ushbu jarayonda xatolikka yo‘l qo‘ymasdan tanlangani va 
qo‘llanilganligini bildiradi. Ushbu ma’noda, xatolikdan xolis degan barcha jihatdan 
mutlaqo aniq yoki to‘g‘ri ekanligini anglatmaydi. Masalan, ko‘zatilmaydigan 
narxyoki qiymatning tahminan baholanishi to‘g‘risida aniq yoki noaniq deb 
bo‘lmaydi. Ammo, ushbu baholashning taqdim qilinishi ishonchli bo‘lishi 
mumkin, agar ko‘rsatilgan summa baholash deb aniq va ravshan tavsiflangan 
bo‘lsa, baholash usulining mohiyati va cheklovlari tushuntirilgan bo‘lsa, hamda 
baholash uchun tegishli usulni tanlash va qo‘llashda xatolikka yo‘l qo‘yilmagan 
bo‘lsa. Ishonchli taqdim etish, o‘z-o‘zidan, hamma vaqt ham foydali axborot 
berilishiga olib kelmaydi.
Axborot foydali bo‘lishi uchun u o‘rinli bo‘lishi hamda ishonchli taqdim 
etilishi kerak. O’rinli bo‘lmagan hodisani ishonchli taqdim etish ham, o‘rinli 
hodisani ishonchsiz taqdim etish ham foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri qarorlar 
qabul qilinishiga yordam bermaydi.
Asosiy sifat xususiyatlarini qo‘llash uchun eng samarali va natijali jarayon 
bo‘lib, odatda, quyidagilar xizmat qiladi (ushbu misolda e’tiborga olinmagan 
axborot foydaliligini oshiradigan xususiyatlar va xarajatlar nuqtai nazaridan 
cheklovning ta’sirini hisobga olish sharti bilan). Birinchidan, hisobot beruvchi 
tadbirkorlik subyektining moliyaviy axborotidan foydalanuvchilar uchun foydali 
bo‘lish ehtimoliga ega bo‘lgan iqtisodiy hodisani aniqlash kerak. Ikkinchidan, 
ushbu hodisa to‘g‘risida eng o‘rinli bo‘ladigan axborot turini, agar u mavjud bo‘lsa 
va ishonchli taqdim etilishi mumkin bo‘lsa, aniqlash kerak. Uchinchidan, bunday 


98 
axborot avjudligini va ishonchli taqdim etilishi mumkinligini aniqlash kerak. Agar 
shunday axborot mavjud bo‘lsa va ishonchli taqdim etilishi mumkin bo‘lsa, asosiy 
sifat xususiyatlari talablariga rioya etishjarayoni shu nuqtada to‘xtaydi. Aks holda, 
ushbu jarayon navbatdagi eng o‘rinli axborot turiga nisbatan yana takrorlanadi. 
Qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilik 
o‘rinli va ishonchli taqdim etilgan axborotning foydaliligini oshiradigan sifat 
xususiyatlaridir. Foydalilikni oshiradigan sifat xususiyatlari hodisani tavsiflash 
uchun ikkita usuldan, agarda ikkalasi ham teng ravishda o‘rinli va ishonchli taqdim 
etishni ta’minlaydigan deb hisoblansa, qaysi biri qo‘llanilishi kerakligini 
aniqlashda yordam berishi mumkin. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling