M. S. Tulayev


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish tartibini sanab bering 
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun 
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibini aytib bering 
3. Auditor malaka sertifikatini berish tartibini aytib bering 
 


91 
9-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITNI TARTIBGA SOLIB 
TURUVCHI XALQARO TASHKILOTLAR. BUXGALTER VA 
AUDITORLARNI PROFESSIONAL TAN OLISH (CPA, ACCA, CIMA, 
CFA) 
1. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi. BHXS fondi. BHXS bo‘yicha 
Kengash.
2. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS). Xalqaro audit 
standartlari. 
3. Buxgalter va auditorlarni professional xalqaro tan olish talablari 
(CPA, ACCA, CIMA, CFA). 
1. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi. BHXS fondi. BHXS bo‘yicha 
Kengash 
2005- yil 1- yanvardan boshlab Yevropa birjalarida ro‘yxatga olingan barcha 
kompaniyalar o‘z hisobotlarini MHXS asosida tayyorlashi shart. Yildan yilga 
ko‘plab davlatlar o‘zlarining ommaviy va milliy kompaniyalari uchun MHXS ning 
joriy etilishini qo‘llab quvvatlamoqdalar. YeI mamlakatlarida, shuningdek: 
Kanada va Meksikada, Argentina Braziliya, Chili va Janubiy amerikaning 
boshqa davlatlarida, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Gongkong, Malayziya, 
Mongoliya, Singapur, Janubiy Koreya, JAR va Afrikaning boshqa davlatlarida 
MHXS qabul qilingan.
Rossiya Federatsiyasi banklarga nisbatan 2004- yildan, ommaviy 
kompaniyalarga nisbatan 2012- yildan MHXSga o‘tgan. Sobiq SSSRning boshqa 
davlatlaridan Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va 
Ukrainada MHXS ommaviy kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi, Ozarbayjon, 
Belorussiya, Turkmaniston va O’zbekistonda esa MHXS banklar uchun 
majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015- yil 24- apreldagi PF-4720-
sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini 


92 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra 2015-2018- yillarda 
barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlarga muvofiq nashr belgilab qo‘yildi).
Yaqin va O’rta sharq mamlakatlari, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, 
Abu Dabi va Dubay (BAA), Baxrayn, Misr, Iordaniya, Iroq, Qatar, Quvayt, Livan i 
Ummonda ham MHXS qo‘llaniladi. Yaponiya, Hindiston va Indoneziya davlatlari 
bosqichma bosqich MHXSga o‘tishlarini ma’lum qilgan. Xitoyning milliy 
standartlari esa MHXSga juda yaqin. Dunyoning aksariyat fond birjalari 
kompaniyalarning ro‘yxatdan o‘tish uchun MHXS asosida tayyorlangan 
hujjatlarini qabul qiladi. AQShda 2007 yildan boshlab horijiy emitentlar uchun 
MHXSni qo‘llashga ruxsat etilgan va ulardan AQSh standartlari (US GAAP) 
bo‘yicha hisobot taqdim etish talab etilmaydi.
Natijada, oxirgi 15 yilda dunyo moliyaviy hisobot tizimi ko‘p sonli turli 
tuman milliy standartlar bilan tavsiflanishdan to‘xtab, hozirgi holatga keldiki, unda 
moliyaviy hisobotni tayyorlashning asosi sifatida ikki tizim MHXS hamda US 
GAAP (AQSh) ajratildi. Yaqin kelajakda global moliyaviy hisobot standartlarining 
yagona tizimini yaratish maqsadiga erishish hozirgi kunda to‘liq xaqiqat 
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining afzalliklaridan biri bu – ularning 
xalqaro kapital bozorlari ishtirokchilariga turli mamlakatlarda joylashgan turli xil 
kompaniyalarni baholash, ularning faoliyati natijalarini taqqoslash ishlarini xalqaro 
standartlar qo‘llanilmagan holatdan ko‘ra samaraliroq usullarda amalga oshirish 
imkonini beradi.
Bu esa kompaniyalar tomonidan kapitalning samarali jalb etilishini hamda 
kapitalni jalb etishga qilinadigan xarajatlarni qisqarishini ta’minlaydi.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini 1973- yilda “Qo‘mita” sifatida 
tashkil etilgan 2001 yilda “Kengash” sifatida qayta tashkil etilgan 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling