M. S. Tulayev


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. O’zbekiston 
Respublikasida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiya- larning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish 
imkoniyatlarini sanab bering 
2. Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzish va taqdim 
etishni tartibga solishni aytib bering 


83 
8-BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINI LISENZIYALASHTIRISH VA 
AUDITORLIK MALAKA SERTIFIKATINI OLISH TARTIBI 
 
1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish tartibi 
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi 
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi 
3. Auditor malaka sertifikatini berish tartibi
 
1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish tartibi 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 
mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb 
xizmatlari ko‘rsatishlari bundan mustasno. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni O’zbekiston Resupblikasi Moliya 
vazirligi (litseziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Auditorlik tashkilotining arizasiga ko‘ra litsenziya auditorlik tekshiruvlarining 
quyidagi turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
faqat o‘z tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga; 
xo‘jalik subyektlarini o‘z tashabbusiga ko‘ra va majburiy auditorlik 
tekshiruvlarini amalga oshirishga, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va 
sug‘urta tashkilotlari bundan mustasno; 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvlarini amalga 
oshirishga.
Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya 
berish, berishni rad etish, uning amal qilishini tugatish, uning amal qilishini o‘n ish 
kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoki litsenziyaning amal 
qilishini tiklash, shuningdek uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori O’zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirshga 


84 
litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan 
holda ariza taqdim etadi: 
ta’sis hujjatlarning nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega 
bo‘lgan auditorlarning, ularning Nizomda belgilangan eng kam soniga muvofiq 
bo‘lgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro 
sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
mehnat daftarchalarining notarial tasdiqlangan nusxalari va asosiy ish joyi 
bo‘yicha shtatdagi auditorlarni Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning 
eng kam soniga to‘g‘ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish to‘g‘risidagi 
buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining to‘liq 
shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bankning 
to‘lov hujjati. 
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik 
tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarini taqdim etishni talab 
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va 
shartlari hisoblanadi:
"Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilish;
litsenziya olinayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‘liq 
shakllantirilgan ustav kapitaliga ega bo‘lish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish
fuqarolik mas’uliyatini sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish; 


85 
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida 
amalga oshirish; 
shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda 
bo‘lishi;
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter 
sertifikatining bo‘lishi; 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida olingan axborotning sir saqlanishini 
ta’minlash; 
auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z 
vaqtida va sifatli bajarish; 
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi 
organda attestatsiyadan o‘tishi; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqillikni ta’minlash; 
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish; 
auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlari mavjudligi; 
o‘z pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi 
organni xabardor qilish
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir yilda bir marta belgilangan 
shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyatini 
amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi 
bo‘yicha taqdim etish. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling