M. S. Tulayev
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
3. Auditor malaka sertifikatini berish tartibi “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va auditor malaka sertifikatini berish, amal qilishini uzaytirish, to‘xtatish va bekor qilish tartibini belgilaydi. Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida bo‘lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 60 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart. Auditor malaka sertifikati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, agar da’vogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lsa, beriladi. 89 Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga da’vogar bo‘lgan shaxslar (matn davomida - da’vogar) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. Malaka sertifikatini berganlik, amal qilishini uzaytirganlik, qayta rasmiylashtirganlik uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun da’vogar (auditor) mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarda yig‘im to‘laydi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda malaka imtihonlarini o‘tkazish va auditor malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida ariza topshiradi: 1) to‘ldirilgan anketa; 2) ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajasini olganlik to‘g‘risidagi diplomning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; yoki ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish to‘g‘risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasining hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi (xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘linganda); 3) mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko‘chirma (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga qayd qilingan holda); 4) ikkita fotosurat (3 x 4); 90 5) hujjat bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘qitishdan o‘tganlik to‘g‘risida hujjatning asl nusxasi (agar o‘qitish tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasiga qadar bir yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, u haqiqiy deb topiladi) va malakali buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash (“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter (SAR)”, “Sertifikatlangan xalqaro malakali buxgalter (CIPA)” yoki boshqalar) doirasida “Moliyaviy hisob” predmetini muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida hujjatning yoki notarial tasdiqlangan nusxasi (agar hujjatlarning berilgan sanasidan topshirish sanasiga qadar besh yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, u haqiqiy deb topiladi); yoki malakali buxgalter xalqaro sertifikatlarining (“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter (SAP)”, “Sertifikatlangan xalqaro malakali buxgalter (CIPA)” yoki boshqalarning) hujjat bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan nusxalari; 6) malaka sertifikatini berish uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling