M. S. Tulayev
-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari Buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilaydi. Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin. 11-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: 104 buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari: hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; ichki nazorat tartibini; buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; hisob hujjatlarining but saqlanishini; moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini; hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling