M. S. Tulayev


-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari 
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini 
amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbaridir. 
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbariga bo‘ysunadi. 
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar 
asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish 
bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun 
majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir 


105 
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operatsiyalar 
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya 
hisobi subyekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) 
buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan 
kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n 
kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy 
hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka 
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyektining rahbari 
buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zimmasiga yuklagan 
ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun 
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs 
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati 
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling