M. S. Tulayev
-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
18-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish Daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. 19-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi. 110 Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin. 20-modda. Garovni hisobga olish O’zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul mablag‘lari buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi. Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul mablag‘lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling