M. U. Islomov Gazning termodinamik xossalari, ushbu gazni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1770773
Bog'liq
M.U.Is lomov



Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
574 
mumtoz nazariyaga ko‘ra, kristallarning atom issiqlik sig‘imi 3R ga teng bo‘lib, u 
Dyulong va Pti empirik qonuniga (1819-yilda farang olimlari P. Dyulong va A. Pti tomonidan 
o‘rganilgan) mos keladi. Issiqlik sig‘imining kvant nazariyasi yuqori haroratlarda shunday 
xulosalarga olib kelsa-da, u harorat pasayganda issiqlik sig‘imining kamayishini ham 
ko‘rsatib berdi. Mutlaq nol yaqinida barcha jismlarning issiqlik sig‘imi nolga intiladi 
(termodinamikaning uchinchi qonuni). 
ADABIYOTLAR: 
1. http://orbita.uz 
3-maqola 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
575 
MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYA 
 
M.U.Islomov 
 
Gazning termodinamik xossalari, ushbu gazni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalar 
harakatining o‘rtacha tezligiga bog‘liq. Gaz tarkibidagi molekulalar bir-biridan ancha uzoq 
masofada erkin harakatlanadi va faqat o‘zaro to‘qnashgan lahzadagina o‘zaro ta'sirlashadi. 
Shu sababli molekula bunday to‘qnashuvlar orasida, to‘qnashuvdan keyin o‘z yo‘nalishini 
keskin o‘zgartirish sodir bo‘lgan holatlardagina qisqa muddat to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. 
Gaz molekulasining to‘g‘ri chiziqli harakat qiladigan qisqa masofasi o‘rtacha erkin masofa 
deyiladi. Gazning zichligi qancha katta bo‘lsa, tabiiyki, uning molekulari orasidagi masofa 
shunga monand ravishda qisqa bo‘ladi.
Qator fiziklarning sayi-harakatlari natijasida, XIX-asrning ikkinchi yarmida gazlarning 
strukturasiga oid atom-molekulyar nazariya anchayin rivojlanib, universial nazariyaga 
aylanishga ulgurdi. Yangi va universial nazariyaning asosida, gazlarning harorati, bosimi va 
hajmi singari makroskopik xossalarining, ushbu gazni tashkil qiluvchi molekulalarning soni, 
massasi va harakat tezliklari, ya'ni, mikroskopik xossalari bilan bog‘lab o‘rganish g‘oyasi 
yotardi. Molekulalar doimiy va muntazam harakatda bo‘lgani sababli, ular albatta 
molekulalar kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Mazkur tasdiq tufayli, yangi nazariya 
molekulyar-kinetik nazariya nomini olgan. 
Misol tariqasida bosimni olamiz. Istalgan vaqt lahzasida, gaz molekulalari o‘zi turgan 
idish devorlariga kelib urilib turadi. Har bir molekula kelib urilganida, o‘zining urilishi 
natijasidan idish devoriga juda kichik qiymatda bo‘lsa-da, harholda muayyan impuls beradi. 
Biroq, gazni tashil qiluvchi molekulalar millionlab sonda bo‘lgani uchun, ularning idish 
devoriga kelib urilishidan beradigan umumiy impulsi devorlarga sezilarli darajadagi kuch 
bilan ta'sir qiladi. Ushbu kuchni biz gaz molekulalarining idish devoriga bosimi tarzida qabul 
qilamiz. Masalan, avtomobil shinalari ichiga havo damlash orqali, atmosfera havosi 
molekulalarini shina ichida avvaldan mavjud bo‘lgan molekulalarga qo‘shimcha ravishda 
kiritib yuboramiz. Natijada, shina ichkarisidagi zich yopiq hajmda ko‘p sonli havo 
molekulalari to‘planadi. Ichkaridagi zichlik tashqi atmosfera havosi zichligidan katta bo‘ladi. 
Tor joyda turgan ko‘p sonli molekulalarning bir-biriga va shina devorlariga kelib urilishi ham 
tezlashadi. Shina tarang damlangan bo‘lib qoladi. 
Nazariyaning mohiyati shundan iboratki, molekulalarning o‘rtacha erkin masofasiga 
asoslanib, ularning idish devorlari bilan to‘qnashish chastotasini hisoblashimiz mumkin 
bo‘lishi kerak. Ya'ni, molekulaning harakat tezligini bilgan holda, gazning o‘lchash mumkin 
bo‘lgan boshqa xossalarini aniqlash mumkin bo‘lsin. Boshqacha aytganda, molekulyar-
kinetik nazariya bizga atom molekulalar olami va biz his qila oladigan makrodunyo orasida 
ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling