M u n d a r I j a kirish I bоb. Xorazmshohlar davlati tarixi tarixshunosligining mahalliy va xorijiy tarixshunoslar tomonidan o’rganilishi
Download 354.98 Kb. Pdf ko'rish
|
M U N D A R I J A
Mavzuning o’rganilish darajasi.
Ulkan hududda markazlashgan davlatning tashkil topganligi turli xalqlar o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarni nihoyatda rivojlanishiga olib keldi, o‘zaro urushlarga chek qo‘yilib, xalqning tinchligi ta‘minlandi. Mirzo Ulug‘bek bu holatni shunday ifodalaydi: «Mo‘tabar tarixlarda bitilmish va zikr etilmishkim, Sulton Muhammad Xorazmshoh zamonida Eron va Turon davlati bag‘oyat osoyishtalikda va solim edi. Chunonchi, agar ko‘zi 5 ojiz kampir qizil oltin to‘la tashtni boshiga qo‘yib Mashriqdan Mag‘ribga jo‘naydigan bo‘lsa, biror jonzot unga daxl qilmagan. Shoh shu darajada kuchaydiki, mamlakatda birorta ham o‘g‘ri qolmadi». Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmda bo‘lgan arab sayyohi va geografi Ibn Yoqut ham Xorazmning yuksak darajada taraqqiy etgan o‘lka ekanligini qayd qilib o‘tgan edi.G‘arb, xususan, rus tarixchilari Sulton Alouddin Muhammad hukmronligi davrini o‘ziga xos «Renessans» davri, ya‘ni «Xorazm Uyg‘onish» davri deb ataganliklarini hisobga olsak, uning naqadar buyuk hukmdor bo‘lganligini ko‘ramiz. Xorazmning qadimiy tarixi, savdo shaharlari to’g’risida XIX asr rus geograflari, tarixchilari, elchilari, harbiy topograflari, etnograf va sayyohlari tomonidan chop qilingan ko’pgina asarlar va maqolalardan ham ma’lumotlar topishimiz mumkin. Xorazmga bu davrda birinchi ilmiy ekspeditsiyalar yuborilgan. Yo’llar, mustahkamlangan qal’a va qo’rg’onlar, iqtisodiyot to’g’risidagi ma’lumotlar to’plash bilan bir qatorda, ular vohaning qadimgi tarixini ham o’rganganlar. Natijada Xorazmning o’rta asrlar shahar madaniyati masalalari to’g’risidagi bir qancha ilmiy asarlar, hisobotlar paydo bo’ldi. Bu davrga Xiva vohasi tavsiflari ham taalluqli bo’lib, ular ko’proq ilmiy xususiyatga ega bo’lgan. XIX asr manbalariga rus geograf, etnograf, tarixchi, rassom, harbiy topograf va sayyohlari asarlari mansub bo’lib, ular jumlasiga: A.V.Butakov, G.Baziner, G.I.Danilevskiy, V.V.Grigorev, N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold, V.G.Tizengauzen, A.L.Kun, A.N.Samoylovich, M.I.Ivanin, V.V.Velyaminov-Zernov, M.N.Galkin, N.V.Xano’kov, A.I.Levshin, P.I.Nebolsin, N.S.Nikitin, A.V.Kaulbars va shu kabi bir qancha olimlar asarlarini kiritish mumkin. Download 354.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling