M u n d a r I j a kirish I bоb. Xorazmshohlar davlati tarixi tarixshunosligining mahalliy va xorijiy tarixshunoslar tomonidan o’rganilishi
Xorazimshoxlar davlati tarixi tarixshunosligi xorijiy olimlar
Download 354.98 Kb. Pdf ko'rish
|
M U N D A R I J A
1.2 Xorazimshoxlar davlati tarixi tarixshunosligi xorijiy olimlar
tadqiqotida yoritilishi Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” (Mamlakatlar qomusi) asari qomusiy xarakterga ega bo’lib, unda O’rta Osiyo, xususan, Xorazm vohasiga oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asarda, jumladan, Xorazm geografiyasi va uning mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davri tarixi, madaniy hayoti taniqli shaxslar, ularning faoliyati to’g’risida hikoya qiluvchi qimmatli ma’lumotlar to’plangan. Asardagi Xorazm vohasiga oid ma’lumotlar Xorazmning shahar va qishloqlari, ularning geografik o’rni, iqlimi, suvlari haqida ma’lumot beradi. Muallifning yana bir asari “Mu’jam al-udabo” (“Adiblar lug’ati”) asarida esa zamonasiga qadar yashab, ijod etgan ming nafardan oshiqroq Sharq adib va shoirlarining tarjimai holi va asarlaridan namunalar berilgan. Shular qatorida xorazmlik o’n to’qqiz nafar adib va shoirning hayoti hamda ijodiy faoliyatiga alohida to’xtalib o’tilgan. Rashiduddin ibn Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayr al-Hamadoniy ning jahon tarixini o’z ichiga olgan “Jome’ ut-tavorix” (“Tarixlar majmuasi”) uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir. Olimning bizning davrimizgacha to’la tarzda etib kelgan birdan-bir asari shu “Jome’ ut-tavorix” bo’lib, u o’rta asr tarixshunosligining o’ziga xos noyob asari hisoblanadi. Asar o’rta asr Sharq tarixchiligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. Ma’lumki, Rashiduddindan avval o’tgan, shuningdek, undan keyingi davrlarda yashab ijod etgan tarixchilarning ko’pchiligi umumiy tarix deganda, faqat musulmon mamlakatlarining tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa, ulardan farqli o’laroq, umumiy tarix deganda, Sharq mamlakatlari bilan bir qatorda, G’arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini ham nazarda tutdi; Sharq mamlakatlari tarixini jahon tarixining bir qismi deb hisobladi. Abu Nasr Muhammad ibn Abdu-l-Jabbor Utbiyning “Tarixi Yaminiy” “Yamin ud-davla tarixi” asari Sabuktagin va Sulton Mahmud davrida G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va Movarounnahrning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etuvchi hamda qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi (992-996 yillari) haqida ma’lumot beradi. “Tarixi 13 Yaminiy” asari benihoya qimmatlidir. Asarda hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, to’xtovsiz davom etayotgan urushlar, zulm, turli-tuman soliqlar tufayli azob chekayotgan mehnatkash xalqlarning og’ir turmushiga oid ma’lumotlar berilgan. Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy (961 — Nishopur — 1038) — yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispaniya, Xuroson va Movarounnahr boʻylab sayoxat qilgan. 992 yilda Buxoroga, soʻng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul Abbos Maʼmun saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. S.ning "Yatimat uddahr fi mahosin axl alasr" "Asr axlining fozillari haqida zamonasining durdonasi" tazkirasi mashhur boʻlib, u oʻsha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va arab adabiyoti haqidagi noyob manbadir. Asarning ilk nusxasi 994— 1000-yillarda yozilgan boʻlib, muallif 1011 — 17 yillarda uni qayta ishlab toʻldirgan va xorazmshoh Abul Abbos Maʼmunga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism 40 bobdan iborat boʻlib, unda 10-asr hamda 11-asr boshlarida arab tilida ijod qilgan Movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. "Tatimmat al Yatima" "Yagona durdonaga qoʻshimcha", asarida esa "Yatimat uddaxr" ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir haqida maʼlumot berilgan. Saolibiyning "Kitob latoif almaorif" "Ajoyib maʼlumotlar haqida kitob" asari buvayhiylar sulolasi vaziri as Sohibga bagʻishlangan. Saolibiy islomgacha va islom davrida oʻtgan koʻplab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxalluslari, toʻgʻrisida nodir maʼlumotlar keltirgan. Asarda muhim tarixiyetnografik maʼlumotlar, Saolibiy va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning sheʼrlaridan parchalar mavjud. Bakron Muhammad ibn Najib geograf va haritashunos. Bakron gazlamaga chizilgan "Olam shakli" — dunyo xaritasini 1209-yilda Muhammad Xorazmshoh Alovuddin ibn Takashga takdim etgan. Haritaning oʻzi yoʻqolgan, ammo oʻsha haritaga ilova qilingan batafsil izohot — "Jahonnoma" qoʻlyozmasi saqlanib qolgan. 4 "Jahonnoma"dan maʼlum boʻlishicha, harita rangli qilib ishlangan va uning 4 Проф. Я.Ғуломов Хоразмнинг суғорилиш тарихи қадимги замонлардан ҳозиргача Ўзбекистон ССР фанлар 14 shartli belgilari boʻlgan: shaharlar kichik doirachalar bilan, dengizlar yashil rangda, daryo va soylar och qizil rangda, togʻlar toʻq qizil, choʻl va qumliklar sariq, shimolidagi qorli oʻlkalar oq rangda koʻrsatilgan. Barcha nomlar qizil rangda yozilgan. Haritaga meridian va parallellar ham chizilgan. "Jahonnoma"da 600 ta nomga izoh berilgan. B. dunyo haritasi va izohotni tuzishda oʻzidan oldin shu sohalarda ham tadqiqot oʻtkazgan Abu Rayhon Beruniy, Nosir Hisrav asarlaridan foydalanganini uqtirib oʻtgan. Muallif o’z asarini yozishda shahsiy mushohadasi va boshqalardan sorab bilganlaridan tashqari koproq yozma manbalardan foydalangan.ayrim manbalarning nomlari qayd etilgan; Ibn Xurdodbex “Kitob al-masolik al-mamolik”,Al-Istahriy “Kitob al-masolik val-mamolik”, Nosir Xisrav “Safarnoma”, Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Kitob at-tafhim”va h.k “Ma’mun Akademiyasi” 17 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bu Akademiyada kamolga etgan olimlar 60 yil fan va madaniyat ravnaqiga xizmat qilishdi. Sharqshunos olim V.V. Bartoldning fikricha, Otsiz hukmronlik qilgan davrda Xorazmning nufuzi Kaspiy dengizdan tortib, Sirdaryoning quyi va o’rta qismlarigacha bo’lgan erlarga yoyilgan. O’sha davrda Xorazmni ziyorat qilgan arab sayyohi Abu Xomid al-G’arnotiy o’zining “Tuhfat al-albob va nuhbat al-a’job” (Oqillar tuhfasi va ajoyibotlar sarasi) nomli asarida shunday yozadi: “... Xorazmda men o’zim ziyorat qilgan hech bir o’lkada ko’rmagan mevalar o’sadi. Uning ahli esa - fozil olimlaru shoirlar va olijanob kishilardir”. Xorazmshohlarning hammasi bilimli kishi sifatida shuhrat qozonishgan, ilm- fan va madaniyat taraqqiyotini ta’minlaganlar. Qutbiddin Muhammad otasi Anushtagin davrida Xuroson poytaxti Marvda yaxshi ma’rifat olgan adab va din ilmlarini o’rgangan edi. 5 U Xorazm hukmdori bo’lgach, qobiliyatli rahbar sifatida ulomalarga va din arboblariga homiylik qildi. U har tomonlama iste’dodli odam edi. Olimlar va din arboblari uni yaxshi ko’rishar, u ham ularni izzat-hurmat qilar edi. академияси нашриети Тошкeнт - 1959.— 85. 5 Abu Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Abbos Arslon Xorazmiy – ilohiyotchi va tarixchi olim “Tarixi Xorazm” kitobi. – B-35. 15 Qutbiddin Muhammad fuqarolariga adolatli bo’lib, ular ham uni yaxshi ko’rib, uning nomini aziz tutar edilar. Ular ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, ko’plab nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san’at va ilmga katta ixlos bilan qaragan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, ud musiqa asbobini chalishda o’z davrida shoh Alouddin Takishga teng keladigan kishi bo’lmagan. Shu bilan birga u iqtidorli adib bo’lib, arab va fors tillarda ijod ham qilgan. Xorazmda al-Hanafiya mazhabidagi ilm toliblari uchun madrasa qurdirgani uning ma’rifatparvarligiga ishonchli bir dalildir. Alouddin Takish hukmdorlik qilgan davrda ilm-fan va adabiyot shu tariqa ravnaq topadi. 6 Andaluziyalik olim va sayyoh Abu Hamid al-G’arnotiy Ibn Aniyn nomi bilan tanilgan shomlik mashhur shoir Sharafiddin Muhammad ibn Nasr shuningdek, 1153 yilda Xorazmga kelgan jandlik shoir al-qozi Yoqub ibn al-Jandiy, Xurosonning Niso shahridan kelgan Muhammad ibn Ahmad ibn Ali ibn Ahmad an-Nasaviy, al-Qassob nomi bilan mashhur Sariy’ ul-Kaas laqabli nishopurlik adib Muhammad ibn al- Husayn, mashhur balxlik shoir va adib, mashhur kotib Muhammad ibn Abdujalil al- Umariy Rashididdin al-Vatvot kabi o’nlab olimu fozillar til va adabiyot, falsafa, mantiq falakiyot, fizika, ximiya, tabobat, jo’g’rofiya, tarix va boshqa fanlarni rivojlantirishga munosib hissa qo’shganlar. Xorazm madrasalariga mudarrislar va imomlar bevosita Sultonning yoki hokimning maxsus ko’rsatmasi bilan tayinlangan. Xorazmshohlar davlatida ko’zga ko’ringan mashhur davlat arbobi, ma’rifatparvar mudarris Sulton Alouddin Muhammadning eng yaqin maslahatchisi Shihobiddin Abu Sa’d ibn Imron al- Xivaqiy beshta madrasada fiqhdan dars bergan. Mufti Shihobiddin Xorazmda birinchi bo’lib, masjid qoshida kutubxona qurdirgan. Bu kutubxona juda ham nodir kitoblar bilan boyitilgan. Yoqut al-Hamaviy ta’kidlashicha, Abu Madar Mahmud Sharif al- Isfaxoniy tilshunoslik sohasida, ayniqsa nahvu sarfda beqiyos nom qozongan. Uning ilmiy 6 Faxriddin Muhammad ibn Umar ibn Xusayn ar-Roziy - Xorazmshoh Takish sharafiga “Javome’ ul-ulum” (“Ilmlar yig’indisi”) qomusiy asari. – B-89. 16 qobiliyati va fazilatlari haqida xalq orasida turli xil afsonalar, rivoyatlar tarqalgan. Al-Isfaxoniy teran bilimi va zakovati, nufuzi kattaligi tufayli mu’taziliy mazhabini xorazmliklar o’rtasida keng yoyishga erishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling