M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


-§. O‘zini-o‘zi baholash vaziyatlari


Download 0.96 Mb.
bet104/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

2-§. O‘zini-o‘zi baholash vaziyatlari


1-vaziyat (o‘zining qilgan qilig‘idan vijdon azobi).
Onasi qizi Anoraga: “Bugun vaqtliroq kelishga harakat qilgin. Yangi ko‘chib kelgan yon qo‘shnimiz bizni bir piyola choyga taklif etdi, chiqib tanishamiz”, dedi.
Xayr, onajon. Soat oltida kelaman, deb Anora tezda ko‘chaga chiqib ketdi.
Keyinchalik Anora buni eslab, shunday deydi:
Uyga qaytayotgan vaqtda, Shirin bilan avtobus o‘rindig‘iga o‘tirib maktabda bo‘lgan voqealar haqida gaplashdik. Bir bekatdan qariya ayol chiqdi va bizning oldimizga turib oldi. Uning qo‘lida ikkita to‘la sumka bor edi.
Qizlar, sumkali ayolga joy bersangiz bo‘lar edi — deb kimdir gapirayotganini eshitdim.
Ana bo‘lmasa! — tezda javob qaytardik biz.
Ha, hozirgi yoshlarda.....
Ana, boshlandi...
Biz Shirin bilan gapga shunchalar berilib ketibmiz-ki.... Keyin avtobus yo‘lovchi-larining bir qanchasi qo‘pol ohangda gapirgan holda, birin-ketin bizni «tarbiyalay» boshladilar. Bu jarayonda biz ham «qarzdor» bo‘lib qolganimiz yo‘q.
Kechqurun soat sakkizda kiyinib, biz onam va otam bilan birgalikda yangi qo‘shnimiz eshigini taqillatik.
Marhamat, kelinglar, — uy egasi shunday deb eshikni ochdi. Oyoqlarim yerga qadalib qoldi. — Ostonada avtobusdagi o‘sha ayol turar, stol usti esa ikkita og‘ir sumkada keltirilgan oziq-ovqat va masalliqlar bilan to‘la edi...


Keys bo‘yicha savol va vazifalar:
1. Yangi qo‘shni avtobusda Anora va uning dugonasi Shirin bilan uchrashganda, ularning tarbiyalanganligi haqida qanday tasavvurga ega bo‘ldi?
2. Qo‘shni Anoraning oilasi haqida nima deb o‘ylashi mumkin?
3. Tarbiyalangan inson bo‘lish deganda nimani tushunasiz?
4. Sizning fikringizcha bu hodisa nima bilan tugashi mumkin?



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling