M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-§. Kasb tanlash vaziyati
1-vaziyat. Shohruh yangi maktabning 9-sinfiga keldi. Tezda quyidagilar ma’lum bo‘ldi: u xushfe’l, o‘zini atrofdagilarga nisbatan xayrixoh tutadi, eng muhimi, zehnli, boshqalar bilan samimiy muloqotda bo‘ladi. Shuning uchun tezda hamma sinf o‘quvchilari unga ergashdilar.
L ekin, bir oy o‘tdi, keyingi oy o‘tdi, hanuz Shohruh sinfga bir o‘zi kirar edi. Fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradigan pedagoglar bu vaziyatga e’tibor bermadilar. Kunlardan bir kun, fizika darsida Shohruhning «Nisbiylik nazariyasining falsafiy ahamiyati» haqidagi ko‘p qamrovli javobidan so‘ng, o‘qituvchi unga ma’ruza tayyorlashni taklif etdi. Shohruh negadir ma’ruza tayyorlashga rozi bo‘lmadi. Shohruhdan rad javobini olish o‘qituvchini hayajonlantirmadi, chunki oldinda bitiruv imtihonlari yaqin edi. O‘qituvchining taklifi bitiruv imtihonlari oldidan balki bolaning rejalarini buzishi mumkindir. Shohruh o‘qituvchiga bergan rad javobini yumshatish maqsadida, quyidagini taklif etdi: — Bunday ma’ruzadan qanday ma’no bor? Siz, o‘qituvchimsiz, mening imkoniyatlarimni yaxshi bilasiz, ular esa, — u sinf o‘quvchilari tomonga boshini (odob bilan) silkib qo‘ydi. – Har kim o‘zi izlashi mumkin va zarur... Keys bo‘yicha savol va vazifalar: 1. Ushbu vaziyatdan Shohruhning harakatlari bo‘yicha qanday ma’lumotlar oldingiz? 2. Ushbu vaziyatda Shohruh va sinf o‘quvchilari orasida, Shohruh bilan o‘qituvchi orasida munosabatning qanday uslubi ko‘rinmoqda? 3. Shohruhning o‘zini-o‘zi baholashi haqida nimalarni aytish mumkin? 4. Ushbu vaziyatdan o‘qituvchining xulq chizig‘ini aniqlash mumkinmi? 2-vaziyat. Bir kuni oilaviy bayramga e’tiborli, qobiliyatli va ko‘pchilikka tanilgan navqiron yigit – Shavkat taklif etildi. Tantanaga juda ko‘p mehmonlar yig‘ildilar, ularning ko‘pchiligi Shavkatning kelishini kutib joylariga o‘tirmadilar. Lekin u kechga qolayotgan edi. Uni kutib charchashgan mehmonlar, ortiqcha kutib o‘tirmasdan oxiri joylariga o‘tirdilar. Shavkat mehmonga bir soatdan so‘ng keldi. U kechikib qolganligi uchun uzr so‘rashga harakat ham qilgani yo‘q, faqat yo‘l-yo‘lakay: — Tanishimni uchratib qoldim, (sovuqqonlik bilan taniqli olimning nomini aytdi) gapga berilib ketibmiz, – deb luqma tashladi. So‘ngra, jihozlar orasidan arang o‘tib mehmonlarga noqulaylik tug‘dirgan holda, o‘tirganlarning har biriga betakalluf qo‘lini uzatib, stolning atrofini aylanib so‘rashib chiqdi. Kecha davomida o‘zini kayfi chog‘ holda tutib, hech kimga gap bermay o‘tirdi. U boshqalarga og‘zini ochishga ham imkoniyat bermadi – o‘zi gapirar yoki atrofdagilarning har bir so‘zini izohlar edi. Keys bo‘yicha savol va vazifalar: 1. Yigitning axloqiga baho bering. 2. Odamlar bilan muloqot qilishga doir har bir kishi nimalarni bilishi kerak? 3. Shavkatning bunday axloqiga qanday sabablar xizmat qilishi mumkin? 4. Shunday odamlar orasiga tushib qolsangiz siz nima qilgan bo‘lar edingiz? 1-vaziyat. Biz dugonam bilan qanday kasb tanlash haqida juda ko‘p tortishdik. U ham to‘g‘ri kelmaydi, bu ham... — Men qaerga bormas-ligimni aniq bilaman: o‘qi-tuvchilikka – asabimni buzmoqchi emasman; kimyoviy ishlab chiqarishga bormay-man, chunki kimyoviy vositalar bilan shug‘ullanish salomatlikka ziyon yetkazadi; fabrikaga bormayman, chunki u yerda mexanik va bir xil ishlarni qilib robotga aylanib qolasan. Men tanlagan ishimda salomatlikka zarar yetmasligi va u juda qiziqarli bo‘lishi kerak. Meni ishim hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘proq safarlarga chiqiladigan bo‘lishini xohlardim, – dedi Marg‘uba dugonasi Feruzaga. — U holda sen sirkka borib ishlashing kerak! – deb xitob qildi dugonasi va menga maoshi yaxshi bo‘lsa bas, deb qo‘shib qo‘ydi. Men keyin ancha o‘yladim. O‘zimda sirkka iqtidor borligiga shubhalanaman. Balki dugonam haqdir, agar iste’dod bo‘lmasa, maosh haqida o‘ylab ko‘rish kerakdir? Keys bo‘yicha savol va vazifalar: 1. Qizlarda kasb tanlashga qanday vajlar bor? 2. Ushbu vaziyatda qanday pedagogik ta’sir uslubidan foydalanilgan? Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling