M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet87/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

JAMI

90

20




1. KEYS
Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Mavzu: Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasining mohiyati
Keysni talaba tomonidan yoritilishi:

  • fan miqyosida mavzu yuzasidan aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlar yechimini tahlil qila olish;

  • keysga tegishli asosiy savollarni ajratish va baholash;

  • taklif etilgan aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlarni ma’lumotlarni tizimlashtirish;

  • aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlarni bir necha echim variantlarini aniqlash;

  • o’zini fikrini aniq ifodalay olish va echimini asoslash;

  • muammoli vaziyatlarni yechimini taqdimot qilish.



1.Vaziyat-baholash. Sinfda matematika darsi. O‘qituvchiga nafaqat o‘zining guruhi, balki kasal bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhida ham mashg‘ulot olib borish vazifasi berilgan. O‘quvchilar o‘zlarini juda yomon tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, urishmoqdalar, bir-birlariga turli qog‘oz qushchalarni otmoqdalar va hokazo. O‘qituvchiga nisbatan beodoblik (ehtiyot-korona, to‘g‘ridan to‘g‘ri emas) qilmoqdalar. Bu jarayonda bir o‘g‘il bola alohida ajralib turibdi.
O‘qituvchi imkoni boricha bunga e’tibor bermasdan, vaqti-vaqti bilan to‘polonchi bolalarni “ikki” baho qo‘yish, direktor oldiga chaqirish va ota-onalariga aytish to‘g‘risidagi po‘pisalar bilan qo‘rqitgan holda, mashg‘ulot olib bormoqda.
Navbatdagi vazifa – masalani yechish.
Qandaydir bir vaqtdan keyin, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan masalani yechishga tayyormisan, deb so‘ramoqda. “Men masalani yecha olmayman”, deb javob berdi o‘quvchi.
O‘qituvchi: “Demak, senga “ikki” baho qo‘yaman”.
O‘quvchi: “Yo‘q, u holda masalani yechishga harakat qilaman”, dedi.
O‘qituvchi: “Endi kech bo‘ldi. Vaqtliroq o‘ylash kerak edi”.
O‘quvchi: “Men hammasini yechib beraman, deyapman-ku”.
Janjal yana bir necha daqiqa davom etgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchiga “ikki” baho qo‘yadi, o‘quvchi esa eshikni qattiq yopib sinfdan chiqib ketadi. O‘qituvchi hech nima demay, darsni davom ettiradi.
 Vaziyatni baholash. Bu yerda qator pedagogik vaziyatlar to‘plami mavjud. Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat anchadan beri bo‘shashib ketgan. Agar oxirgi vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘zining jahlini ochiqchasiga namoyon etdi.
Bunday holda uning nohaqligi yana shundan iboratki, o‘quvchiga hatto javob berishga imkoniyat bermay, “ikki” bahoni uning xulqiga emas (juda bo‘lmaganda, to‘g‘ri bo‘lar edi), balki bilimiga (aniqrog‘i, bilimsizligiga) qo‘yishni ma’qul ko‘rdi. Agar baho bolaning haqiqiy qiliqlari uchun belgilansa jazo haqqoniy bo‘lardi. O‘qituvchi o‘quvchiga, hatto barcha sinf o‘quvchilariga ham, agar u nimadadir kuchsiz bo‘lsa, o‘zining mavqeidan foydalanib, boshqa vaziyatda ham jahlini ko‘rsatishga qodir ekanligini ko‘rsatdi.
O‘quvchi o‘zining kuchsizligidan xafa bo‘lgan va ichki hissiyot bilan o‘qituvchini yomon ko‘rgan, shuningdek, chuqur nohaqlik tuyg‘usidan kamsitilgan holatda sinfdan chiqib ketgan.
Nima bo‘lishini oldindan aytish. O‘qituvchi va o‘quvchining ikki tomonlama nafratlari tobora kuchayadi. Bunday vaziyatlar keyin ham davom etadi. O‘qituvchining na o‘quvchi, na barcha sinf o‘quvchilari oldida hurmati bo‘lmaydi.


Keysga savol- vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘lar edi? 


Yechim. O‘quvchi o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekan, o‘qituvchi unga masalani yechish uchun imkon berishi kerak edi. Darsga qattiq xalaqit beradigan o‘quvchini unga dars oxirida baho qo‘yiladigan, biror murakkab vazifa berish yo‘li bilan tinchlantirish mumkin.
Talaba quyidagilarni bilishi kerak:

  • keysga tegishli asosiy savollarni ajratish va baholash;

  • tahlilni kengaytirilgan shaklda taqdim etish;

  • tadqiqiy ravishda ijodiy yondashuv namoyon qilish



2.ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling