M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet40/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Nazorat uchun savollar:
1. Jamoa nima?
2. O‘quvchilar jamoasining ishlab chiqarish jamoalaridan farqi nimada?
3. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
4. Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga batafsil to‘xtaling.
5. Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so‘zlang.
6. Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?


9-MAVZU: Jamoada shaxsni tarbiyalash shakllari va usullari.
Mavzu rejasi:
1.Jamoada va jamoa orqali tarbiyalash tarbiyaning eng muhim tamoyillari.
2.Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibda yondoshish, yondoshishni maqsadga qaratilganligi, shaxs haqida tushuncha, shaxsni tarbiyalashda muhitning roli, jamoada shaxsni tarbiyalash usullari, shaxsni shakllantirishning tamoyillari.
3.”Ta’lim beruvchi – ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechish va “Ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tish.


Tayanch tushunchalar: jamoa, shaxs,shakl,usul,tarbiya, shaxsiy sifatlar, kasbiy sifatlar, axloq, odob, sog‘lom avlod, ma’suliyat, tarbiyachilik kasbi, vatan, jamiyat, ezgulik

Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi.


Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog‘ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko‘p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o‘z malakasiga o‘ziga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy turmush mahsuli bo‘lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi tarakqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarining turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo‘ladi.
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi.
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish vositalarini bilish zarur.
Tug‘ilgan inson shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi va muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Odatda shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Ushbu omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko‘rsatadi va kishilarning ongli irodasiga bo‘ysunadi boshqalari esa boshqarilishi qiyin bo‘lgan omillardir. Ba’zi omillarning ta’siri stixiyali ravishda sodir bo‘ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayrim kishilarning irodasiga, tashkilotsizlik qobiliyatlarida va boshqalarda bog‘liq bo‘lmaydi.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo‘nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o‘quv yurti talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko‘zatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo‘llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, guruh hayotidagi o‘zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o‘tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Guruh rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar guruh ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o‘z qarorlari bilan guruhdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo‘nalishini belgilab beradi.
Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: guruhdagi tashkiliy ishlar bilan bog‘liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag‘ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag‘ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o‘z maqsadiga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog‘liq guruh ota-onalari majlisida odatda ota-onalar guruhi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.
Ko‘pgina o‘quv yurtidagi guruh rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko‘proq shaxsiy ish shakli bo‘lib, unga guruh rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Guruh rahbari o‘zining shaxsiy suhbatini, oilani o‘rganish va ko‘zatish asosida to‘plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o‘tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g‘oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni guruh rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling