M. X. Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida
Download 16.38 Kb.
|
kurs ishi
557-bet. MATN LINGVISTIKASI FANINING MAQSADI, VAZIFASI, OBYEKTI VA PREDMETI Ma’lumki, «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”1da so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [a. — yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst] 1 Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2 Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Bu ta’rifda matnning asosiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat axborotkommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Kompyutyerda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi. Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: “Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosida birikish, bog‘lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida birikishini o‘rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar, gapning so‘roq shakliga xos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi. 2 Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq subyektdan adresatga yo‘naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat obyektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.5 жилдлик. 2-жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. 587-б. 2 Ҳакимов М. Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва прагматик хусусиятлари. Филол.фан.номз...дис. -Тошкент, 1993, 7-б. mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir».3 Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi» 4 deydi. Ilmiy adabiyotlarda kontekst atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb ko‘rsatiladi. «Kontekst – bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida bo‘yicha bu – so‘z birikmasi, ba’zan gap, kamdan-kam abzas yoki yaxlit matnga teng keladi».5 Masalan, tuyoq so‘zi hayvonga aloqador a’zo hisoblanadi: Loyi ko‘pirib yotgan yo‘lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bo‘lgan chuqurchalarni limmo-lim to‘ldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoniveridan sirqib yotardi (P.Tursun). Mazkur so‘z insonga nisbatan qo‘llanilganda salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: Obro‘ying borida tuyog‘ingni shiqillatib qol. Kontekst so‘zlarning semantik ma’nosi reallashadigan o‘ziga xos maydon, nutqiy vaziyat hisoblanadi. Bu o‘rinda S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib o‘tish o‘rinli: «Borliqning mavjud dalillari lug‘atlarda berilganidek alohida so‘zlarda emas, balki nutqiy aloqalarda, tugal xabarlarda, matnlarda, ularning minimal bo‘lagi bo‘lgan gaplarda aks etadi... So‘zlar va ular ma’nolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali bog‘langan, gapdan tashqarida ular faqat potensial birlikdir, xolos. Ularni mexanizmning detallariga qiyoslash mumkin, ularning Matn lingvistikasining u yoki bu sohasi bilan shug‘ullanish, matnning biror bir xususiyatini tadqiq etishga kirishish uchun dastlab matn hodisasining mohiyatini, uning Iingvistik tabiatini bilish lozim. Faqat shundan so‘nggina matnning tuzilishi, uning strukturaviy, mazmuniy belgilari, inson kommunikativ faoliyatida tutgan o‘mi, bajaradigan ijtimoiy-semiologik vazifalarini o‘rganish mumkin. Har n qanday nutqiy tuzilmaning matn sifatida e‘tirof etilishi uchun u ma’¡um me‘yordagi barqaror, tub xususiyatlarga ega boiishi zarurki, bu xususiyatlar matn mohiyatini belgilab beradi. Mataning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va ularni o‘tkinchi, favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladiganiaridan farqlash qiyin. Matn va uning maqomini belgilash, uning yondosh hodisaiarga munosabatini ochib berish, mataning kategorial belgilari borasida q o ‘y ü a d i g a n savollarga javob topish yoMidagi izlanishlar davom etmoqda. Fikrlaming har xilligi, so‘zsiz, tadqiqotchi tomonidan «matn» tushunchasining qaysi lingvistik hodisaga nisbatan qo‘llanishi va ushbu hodisaning qanday nazariy g‘oya asosida talqin qilinishiga bogiiq. Biror bir hodisa talqiniga turli rtuqtai nazardan, turli xil tahiil usullarida yondashish xulosalarning, tavsif va ta’riflaming har xil bo‘iishiga sabab bo‘ladi. «Matn» so‘zini qo‘!layotgan tilshunoslaming qariyb barchasi ushbu tushunchaga u yoki bu tarzda ta’rif berishga harakat qiladi. Matn - ko‘p jihatli, murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qurilma, shuning uchun ham uni tavsiflashda unga xos bo‘lgan semiotik, kommunikativ, strukturaviy, pragmatik, kognitiv, nominativ xususiyatlarni e‘tiborga olish talab qilinadi. Ammo har bir tadqiqotchi, odatda, o‘zini qiziqtirayotgan jihatlarga e‘tibor qaratadi, natijada, berilayotgan ta’rif mukammal, batafsil bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, hech qaysi ta’rif matn kabi murakkab hodisani har tomonlama mukammal tavsiflay olmaydi. Shuning uchun har bir tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar guruhining matn hodisasiga nisbatan o‘ziga xos nuqtai nazari shakllanadi va rejalashtirilayotgan tadqiqot shu nuqtai nazarga bo‘ysundiriladi. Matn hodisasiga berilayotgan ta’riflaming hech biriga qat’iy e‘tiroz bildirish qiyin, chunki ularaing har birida matn hodisasining u yoki bu jihatlari yoritilgan, demak, har bir kuzatishda tadqiq qilinayotgan ob'ektning ma’lum bir qirralari o‘z ifodasini topadi. Binobarin, dastlabki paytlarda tadqiqotchüanii ko‘proq mataning tuzilishi, uning boshqa til va nutq birliklaridan farq qiluvchi jihatlarini aniqlash muammosi qiziqtirganligi sababli berilayotgan ta’riflarda ham xuddi shu strukturaviy jihatlar e‘tiborga olingan. Bunday yondashuvlarda matn «nomlovchi birliklaming uzluksiz zanjiri ko‘rinishiga. ega boMgan gaplar ketma-ketligi» sifatida 12 talqin qilingan va asosiy e‘tibor uning chegarasini aniqlashga qaratilgan. Haqiqatdan ham, matn chegarasini belgilash masalasi uning la’rifini berishda juda muhim talabdir. Mata chegarasini uning lurlarini sanash vositasida ko‘rsatish mumkin (masalan, roman, risola, liikoya, maqola,, xat, dialog va hokazo), lekin har qanday chegaralash amallarini bajarishda matndagi yaxlitlik uning tarkibidagi qismlaming o‘zaro bog‘liqligi semantik va strukturaviy jihatdan bir xilda ta’minlanishini taqozo etadi. Demak, struktur-semantik bogMiqlik matn chegarasini belgilovchi me‘yor sifatida qabui qilinishi inumkin. S.LGindin tomonidan matnrii aniqlash uchun uni qismlarga ajratish amalini qoilash lozimligi taklif qilingan edi. Uning fikricha, «matnni o‘zaro struktur va semantik bog‘langan ketma-ket qismlarga ajratish imkoniga ega bo‘ Imagandagina» uning yaxlitligi haqida gapirish mumkin. Aytish joizki, qismlar o‘rtasida ma’noviy va strukturaviy bogiiqlikni ta’minlovchi vositalar to‘plain ini aniqlash matn sintaksisi tadqiqining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Bu vositalar leksik, morfologik va sintaktik ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. CVZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Muhabbat Kurbanova, Ma’ruijon Yo‘ldoshev MATN TILSHUNOSLIGI Toshkent “Universitet” — —-1-. 2014 11-13bet Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling