M. Xоliqоvа, Sh. Ergаshеvа diktаntlаr to‘plаmi (5-9 sinflаr uchun) Tоshkеnt 2012 Тақризчилар


Download 398 Kb.
bet62/74
Sana22.11.2021
Hajmi398 Kb.
#176450
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
Diktantlar to`plami-7(1)

Odil No‘shiravon
Aytishlaricha, Sosoniy hukmdorlaridan Odil No‘shiravon yoz kunlarining birida  mulozimlari bilan ovga chiqdi. U tepa yonbag‘irlarini kezib chiqarkan, odamlari tog‘ echkisini ovlashdi. Undan kabob tayyorlab, shohga taqdim qilishmoqchi bo‘lishdi. Go‘shtni shox-shabbalariga ilib, tagiga olov yoqdilar. Ovni to‘xtatib, ovqat tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Bir mahal qarashsa, tuz yo‘q. Shu yaqin orada bir qishloqcha bor edi. Tuz olib kelish uchun bir askarni yuborishdi. Askar yo‘lga chiqar-chiqmas  Odil No‘shiravon uni chaqirtirib oldi va unga dedi:

– Tuzni pulini berib ol! Aks holda, tekin olish odati chiqib, qishloq xarob bo‘ladi.

Atrofidagilar hayron bo‘lib:

– Shu ozgina narsadan qanday qilib zarar kelishi mumkin, shohim? – deya so‘rashdi.

– Dunyoda zulmning tamali uvoqcha edi. Ammo har bir kelgan uni kattalashtirdi va  u hozirgidek ko‘rinish oldi.  Agar shoh xalqning bog‘idan bir olma olsa, yonidagilar daraxtning ildizi bilan qo‘porib oladilar. Podshoh beshta tuxum uchun zulm etsa, askarlari ming tovuqni idishi bilan uradilar, – deya chiroyli javob qaytardi Odil No‘shiravon. (147 so‘z)


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling