А.Hаyitmеtоv
“Sеhrli qalpоqcha” asaridan
Yo‘l yurdim, yo‘l yursam ham mo‘l yurdim. Bir mahal mundoq qarasam, sahro-yu biyobonga kelib qolibman. Bir tomoni poyoni yo‘q cho‘l. Qarasang, ko‘zing jimirlab ketadi. Yantog‘-u sho‘radan boshqa hech narsa ko‘rinmaydi. Ahyon-ahyonda menga o‘xshab qayoqqa borishini bilmay garang bolib uchib yurgan qushlar to‘dasigami, dumi uzun yumronqoziq yoki ko‘zini lo‘q qilib turgan kaltakesakkami duch kelib qolasan. Ikki marta ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. Yegani ovqat topolmay bir-birining dumini so‘rib yotgan ekan, meni ko‘rishi bilan sevinib shunaqangi quvlashga tushib ketishdiki, agar boshimga qalpoqchamni kiyib olmaganimda, kim biladi, holim ne kechar edi...
Bir oz yurgach, bog‘-rog‘lar yashnab yotgan joyga kelib qolibman. Tavakkal qilib daraxtzorlar orasidan yurib boraverdim. Goh olmazor, goh shaftolizor, goh tokzorlar orasidan o‘tib borardim. Bir tomonda g‘o‘zalar ham yashnab yotibdi. (122 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |