M xoliqova, sh. Ergasheva
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
YAXSHILIK
Ra’no buvisiga dedi: – Buvijon, ustozim yaxshilik haqida matn tuzib ke- lishni topshirgan. Lekin men nima yozishni bilmayap- man. Iltimos, yordam bering. – Ustozing juda muhim topshiriq beribdi, qizalog‘im. Dun yo yaxshilik bilan fayzli. Hayotda odamlar bir-biriga faqat yaxshilik qilib yashashlari kerak. Yaxshilikka-yax- shilik, yomonlikka esa yomonlik qaytadi. 77 Senga bir hikoyatni aytib beraman. Oqko‘ngil sher bir kuni sichqonni mushukning changalidan qutqarib yaxshi- lik qilibdi. Oradan bir necha kun o‘tib, sher ovchining tuzog‘iga tushib qolibdi. Sherning yaxshiligini unutmagan sichqon o‘tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, uni ozod qilib- di. Ko‘rdingmi, yaxshilik javobsiz qolmaydi. – Buvijon, nega unda odamlar bir-birlariga yomonlik qiladilar? – Birovga yomonlik qilish eng og‘ir gunoh. Yomon odam lar qilgan yomonliklarining jazosini albatta tor- tadilar. Agar kimki bilib-bilmay gunoh ish qilib qo‘ysa, uni yuvish uchun orqasidan biror savobli ish ham qili- shi kerak. Savobli ish qilsa, odamning o‘zi ham xur- sand bo‘ladi. Shuni unut maginki, yaxshilikning ham, yomonlik ning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. – Men kimga yaxshilik qilsam ekan-a? – dedi Ra’no buvisining so‘zlaridan ta’sirlanib. – Hozircha sening yaxshiliging odob-axloqingda, yaxshi o‘qishingda, ota-onang, ustozlaring so‘zlariga qu- loq soli shingdadir. Hali hayoting oldinda, bolam. Ko‘p yaxshiliklar qi lishga ulgurasan, – dedi buvisi Ra’noning boshini silab. 1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz? Sizga ham birov yaxshilik qilganmi? 2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligini uqtiradilar? 3. «Yaxshilik» hikoyasini o‘qib, mazmuniga diqqat qiling. Ra’noning buvisi yaxshilikning foydasi, yomonlik ning zarari haqida nimalar dedi? 4. Siz ushbu hikoyadan qanday xulosa chiqar- dingiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling