71
HUNAR VA HUNAR EGALLASHNING FOYDASI
HAQIDA MAQOLLAR
Ilmsizga ishonch yo‘q,
Hunarsizga quvonch yo‘q.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to‘kis bil.
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
Qunt bilan o‘rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Hunari yo‘q
kishining,
Mazasi yo‘q ishining.
1. Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi Kon-
stitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd
etilgan?
2. Inson nima uchun mehnat qiladi?
3. Kasb tanlashda nimalarga e’tibor
berish ke-
rak?
4. Universitet yoki kasb-hunar kollejlarida tahsil
olayotgan aka-opalaringiz bormi? Ular bilan
kasb tanlash mavzusida suhbatlashing.
5. Maqollarni o‘qib, ma’nosini izohlang.
72
KIM BO‘LSAM EKAN?
(Amaliy mashg‘ulot)
KASBLARNING RANGI QANAQA?
Miraziz A’zam
Har kasbning o‘zgacha, farqli rangi bor.
Mana, ko‘ring, novvoy – oppoq, xuddi qor.
Sochlari
oq uning, qosh, kiprigi oq,
Ertalab qushlardan turar oldinroq.
O‘tyoqarning rangi qora-quradir,
Bo‘yoqchining rangi ola-buladir.
Zavodga
kiring-da, ishchiga qarang:
Uning ish kiyimi ko‘kday havorang.
Ishlovchining qo‘li moyli, sap-sariq.
Tekinxo‘rning qo‘li rangsiz op-oriq.
Do'stlaringiz bilan baham: