70
Hayotda qoqilmay, jamiyatga ko‘proq
naf keltiray,
degan odam yoshlikdan biron kasb yoki hunarni tan-
lab, uni mukammal egallashga harakat qilishi kerak.
Bobomiz Alisher Navoiy:
Umrni zoye o‘tkazma, mehnat qil,
Mehnat –
saodatning kaliti, bil,
deya bejiz aytmaganlar.
Yurtimizda yoshlarning o‘zlari xohlagan kasb-hunar-
ni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bar-
cha qulayliklarga ega kasb-hunar kollejlarida yigit-qizlar
o‘zlari yoqtirgan hunar sirlarini puxta egallamoqdalar.
Biz hozir ayni o‘qib-o‘rganadigan yoshdamiz.
Hozir-
danoq o‘zimiz qiziqqan kasbni aniqlab oli shimiz va uni
egallash uchun tayyorgarlik ko‘ra boshla shimiz shart.
Kasb tanlashda ota-onamiz va ustozlarimizning fikrini,
o‘z qiziqish va imkoniyatlarimizni
ham hisobga olishni
unutmasligimiz darkor.
Quyida
berilgan
kasb-hunar
nomlarini
zamonaviy va qadimiy kasb-hunar nomlari
singari ikki guruhga ajrating.
Ushbu kasb-hunarlar hozirgi kunda ham
Do'stlaringiz bilan baham: