M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
filename-92

«Temur tuzuklari»dan
HUNARNING FOYDASI
Aytishlaricha, Gushtosb degan podshoh kunlarning 
birida o‘z vatanidan ayrilib, boshqa mamlakatga ke-
lib qoldi. Uning yonida hech vaqosi yo‘q edi. Yeyish-
ga ovqat topolmay, och qoldi. Birovdan so‘ray desa, 
izzat-nafsi yo‘l qo‘ymas edi. Uning yodiga yoshlik yil-
lari tushdi. U bolalik paytida maktabga borar ekan, yo‘l 
chetida joylashgan temirchi do‘koni oldida biroz to‘xtab, 
temirchilarning pichoq va bolta yasashlarini tomosha 
qilar edi. Shu asnoda u temirchilik sirlaridan oz-moz 


65
voqif bo‘lib qolgan edi. Gushtosb ko‘p o‘ylab o‘tirmay, 
temirchilar oldiga bordi va ularga dedi:
– Ey birodarlar, men ham temirchilik sirlaridan xa-
bardorman, meni o‘zingizga sherik qilib olsangiz.
Temirchilar rozi bo‘lishdi. Gushtosb bir necha mud-
dat ishlab pul yig‘di, so‘ng vataniga qaytib bordi.
U martabaga erishgan paytida yosh-u keksani kasb-u 
hunar o‘rganishga da’vat qildi. Bolalarni kunning birin- 
chi yarmida o‘qitib, ikkinchi qismida hunar o‘rgatishga 
farmon berdi. 
«Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» kitobidan 
Kasb-hunar va bilim haqida hadislar
Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydalirog‘idir.
* * *
Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir.
* * *
Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan
bajaradigan ishi va halol savdodir.
* * *
Sadaqaning afzali ilm o‘rganib, so‘ng uni
boshqalarga ham o‘rgatishdir.
1. Kasb-hunarlarning birini ikkinchisidan ustun 
qo‘yish mumkinmi?
2. Inson hayotda nimalarni yo‘qotishi mumkin-u, 
nimalarni undan hech kim tortib ololmaydi?
3. Gushtosbning qiyin vaziyatdan chiqib ketishi-
da unga nima yordamga keldi?
4. Siz qaysi hunarni egallashga qiziqasiz? Uni 
puxta egallash uchun nima qilishingiz lozim?


66

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling