M xoliqova, sh. Ergasheva


O‘ZBEKISTON – KELAJAGI BUYUK DAVLAT


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
filename-92

O‘ZBEKISTON – KELAJAGI BUYUK DAVLAT
1. Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk in-
sonlardan kimlarni bilasiz?
2. Sport, san’at, ilm-fan sohasida yutuqlarga
erishgan hamyurtlarimiz haqida so‘zlab bering.
Ona vatanimiz O‘zbekiston qadimiy tarixga ega. Bu 
yurtdan dunyoni lol qoldirgan ko‘plab allomalar yetishib 
chiqqan.
Ota-bobolarimiz yurt ozodligi va mustaqilligi uchun 
asr lar davomida kurash olib borganlar. 1991-yil 
O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. 


5
Mustaqillik yillari yurtimizda barcha sohada mis-
li ko‘rilmagan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yoshlarning bilim 
olishi, o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit-
lar yaratildi. Bizlar uchun shinam o‘quv muassasalari, 
sport inshootlari qurildi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan 
mamlakatlardan biridir. Yoshlarimiz sport musobaqala-
rida vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarmoqdalar. Shu-
ningdek, musiqa tanlovlari, fan olimpiadalarida yuksak 
natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bu-
tun dunyoda talab ortib bormoqda. Chunki ular tabiiyli-
gi va sifati bilan ajralib turadi.
Yurt kelajagi yoshlar qo‘lida. Shuning uchun yaxshi 
bilim olib, biror kasbni egallab, O‘zbekiston taraqqiyoti-
ga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. 
1. Tarixda buyuk sarkarda va davlat arbobi 
sifatida tanilgan ajdodimiz kim?
A. Alisher Navoiy
B. Amir Temur
D. Ibn Sino
E. Abu Rayhon Beruniy
2. Faqat yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomo-
billar rusumi berilgan qatorni toping.
A. Lada, Matiz, Damas
B. Toyota, Lasetti, Tiko
D. Lasetti, Kaptiva, Malibu
E. Epika, Mersedes, Neksiya


6
ONA-VATAN
Orif To‘xtash
Ozod Vatan, hur Vatan,
Tuprog‘i zar, dur Vatan.
Ko‘zimizga to‘tiyo
Aylasak arzir Vatan –
Serquyosh O‘zbekiston,
Beqiyos O‘zbekiston!
Tutgan yo‘li ziyoli,
Farovonlik shiori.
Bu o‘ziga bek bo‘lgan,
O‘zbeklarning diyori –
Serquyosh O‘zbekiston,
Beqiyos O‘zbekiston!
1. «Ona-Vatan» she’rini qanday tushundingiz? 
Mazmunini so‘zlab bering.
2. Mustaqillik yillarida yosh avlod uchun yaratil-
gan sharoitlar haqida fikr yuriting. 
3. O‘zbekistonda qanday mahsulotlar yetishtiriladi?
4. Yurtimizda qaysi rusumdagi avtomobillar ish-
lab chiqariladi?
5. Biz vatanimiz taraqqiyotiga qanday hissa qo‘-
shi shimiz mumkin?
6. Ota-onangiz yoki aka-opangiz bilan mustaqil-
lik yillarida erishilgan yutuqlar haqida suhbat-
lashing. Ulardan bilib olgan ma’lumotlaringizni 
o‘rtoqlaringizga so‘zlab bering.


7

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling