M xoliqova, sh. Ergasheva
YURTIMIZDA NISHONLANADIGAN UMUMXALQ
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
YURTIMIZDA NISHONLANADIGAN UMUMXALQ
BAYRAMLARI. OILAVIY AN’ANALAR 1-yanvar 8-mart Yangi yil bayrami Xotin-qizlar kuni Navro‘z umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni O‘qituvchi va murabbiy- lar kuni Mustaqillik bayrami Ramazon va Qurbon hayiti Konstitutsiya kuni 21-mart 1-sentabr 8-dekabr 9-may 1-oktabr 3–Odobnoma, 4-sinf 34 Bayramlar inson hayotida muhim o‘rin egallaydi. Bun- day kunlarda insonlar bir-birlariga mehr-oqibat ko‘rsatadi- lar, do‘stlik rishtalarini bog‘laydilar, ezgu maqsad va g‘o- yalar atrofida jipslashadilar. Har bir xalqning sevib nishonlaydigan bayram va marosimlari bor. Xalqimiz Yangi yil, Navro‘z, Mustaqil- lik, O‘qituvchilar va murabbiylar, Xotin-qizlar kuni singari bayramlarni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qi lingan sanani katta tantana va shodiyona bilan nishonlaydi. Bundan tashqari, mamlakatimizda Ramazon va Qurbon hayiti singari diniy bayramlar ham keng ni- shonlanadi. «Bayram – xalqning shodlik va xursandchilik kunidir», degan edi buyuk ajdodlarimizdan biri Mahmud Koshg‘ariy. Odamlar juda qadim zamonlarda turli munosabat bi- lan marosimlar o‘tkazishgan. Keyinchalik ular bayramlarga aylangan. Masalan, Navro‘z bayrami bahorgi teng kunlik, ya’ni kun bilan tun teng bo‘lgan, tabiat ayni uyg‘o- nadigan paytda nishonlangan. Qadim zamonlarda odamlar uchun qishda issiq boshpana, oziq-ovqat to- pish muammo edi. Shuning uchun bahor kelib, kun- lar isishi ular uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan va bu kunni bayram qilishgan. Bayram kuni jang-u jadallar, urushlar to‘xtatilgan, arazlashganlar yarashgan, aybdorlarning gunohi kechirilgan. Xalqimizda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan oilaviy an’analar ham bor. Ko‘pchilik oilalarda shu oila uchun muhim bo‘lgan sanani nishonlash an’ana tusiga kirgan. Ayrim xonadonlarda esa oilaviy ravishda kitob o‘qiladi, sport bilan shug‘ullaniladi. Ota-ona va farzandlarning birgalikda bog‘ yaratishi, qaysidir kasb yoki hunar bilan shug‘ullanishi o‘zbek oilalariga xos an’anadir. Bunday 35 an’analar oila mustahkamligi va totuvligi uchun xizmat qiladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling