M xoliqova, sh. Ergasheva


Miniatura – amaliy san‘atning bir turi. O‘ta  nozik ishlangan kichik tasviriy san’at asari. Xattotlik


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
filename-92

Miniatura – amaliy san‘atning bir turi. O‘ta 
nozik ishlangan kichik tasviriy san’at asari.
Xattotlik – chiroyli yozish san’ati.
Arxeologik qazilma – tarixiy joylarda amalga 
oshi riladigan izlanishlar. 
NAVOIY VA MUSAVVIR
Alisher Navoiy o‘z libosini o‘zgartirgan holda bir faqir 
yosh musavvirning kulbasiga kelib, eshigini taqillatdi. 
«Labbay» sadosini eshitgach, ijozat so‘rab ichkariga kir-
di. Uy ichida shoh, ya’ni Sulton Husayn Boyqaro tasvi-
ridan ko‘ra ko‘proq o‘zining tasvirlarini ko‘rdi. Hayratlanib, 
musavvirdan so‘radi:
– Bu tasvirlar kimniki?
Musavvir tavoze bilan javob berdi:
– Hunarmandlarning otasi Alisher Navoiy hazratlari-
niki, men hozir ul zotning huzurlarida turibman.
Navoiy dedi:
– Nega shu paytgacha huzurimga bormadingiz?
Musavvir javob berdi:
– Agar borganimda, tuhfalar in’om qilardingiz. U hol-


32
da men o‘z asarlarimni faqat sizga sotgan bo‘lardim. 
Vaholanki, sizning tasvirlaringizga xaridor juda ko‘p. Men 
sizning marhamatingizdan ko‘ra o‘z mehnatim va hu-
narim bilan kun kechirishni ma’qul ko‘rdim.
Bu gaplardan so‘ng Alisher Navoiy g‘arib musavvir-
ni o‘z homiyligiga oldi. Bu yigit kelajakda Sharqning 
buyuk musavviri bo‘lib tanilgan Kamoliddin Behzod edi. 
Amaliy san’at buyumlari kim tomonidan yarati-
lishini toping va daftaringizga yozing.
1. Mamlakatimizda hunarmandchilikning qaysi 
turlari rivojlangan?
2. Milliy liboslarimizning qanday turlarini bilasiz? 
Ular ni sanab bering. 
3. Yosh musavvir nima uchun Navoiy huzuriga 
bor madi?
4. O‘z mehnati bilan halol kun kechirish degan-
da nimani tushunasiz?
1) musavvir;
2) zargar;
3) to‘quvchi;
4) chevar;
5) kulol;
6) naqqosh;
7) haykaltarosh.


33

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling