M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
filename-92

ULANADI BAYRAMLAR
Po‘lat Mo‘min
Bayramlarga bayramlar,
Ulanadi, qaranglar.
Shodligimiz bu damlar,
Qo‘shiq bo‘lib jaranglar.
Bayram bo‘lib bahona,
Ulanadi quvonchlar.
Do‘stlar kulib do‘stona,
Oshar yana ishonchlar.
Bayramlarga bayramlar,
Chiroyini sochadi.
Tabriklashib odamlar,
Dilga dilni ochadi.
Bayramlarga bayramlar,
Ulanadi, qaranglar.
Shodligimiz bu damlar,
Qo‘shiq bo‘lib jaranglar.
1. O‘zbekistonda qanday bayramlar nishonlanadi?
2. Sizga ko‘proq qaysi bayram yoqadi? Nima 
uchun?
3. Qaysi bayram ezgulik, mehr-oqibat, saxovat 
timsoli? Javobingizni izohlab bering.
4. Sizning oilangizda qanday an’analar mavjud? 
Bu haqda o‘rtoqlaringizga so‘zlab bering.
5. Bayram va marosimlarda inson o‘zini qanday 
tutishi kerak?


36
MUSIQANING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI 
Musiqa va qo‘shiqqa muhabbat inson qalbiga ona 
allasi bilan singadi. Go‘dak ona allasining ta’sirida 
orom oladi, tinchlanadi.
Yaxshi musiqa insonning ruhiyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatib, tuyg‘ularini tarbiyalaydi, ko‘tarinki kayfiyat 
bag‘ishlaydi. Musiqa ohanglari insonni o‘ylashga chor-
laydi, ezgulikka da’vat etadi. Alisher Navoiyning fikri-
cha, «Fahm-farosatli sozanda ning yoqimli ijrosi hatto 
toshko‘ngil odamni ham maftun qiladi».
O‘zbekistonda musiqa san’ati juda qadimdan rivoj-
langan. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 
3 ming 300 yil avval suyakdan yasalgan nay cholg‘usi 
topilgani bu ning isbotidir. O‘z davrida Amir Temur,
Ali sher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur sozanda 
va xonandalarga homiylik qilganlar, o‘z asarlarida mu-
siqa to‘g‘risida qiziqarli fikrlarni yozganlar. 
Musiqa insonga ta’sir etib, uni yuksak maqsadlar 
sari yetaklaydi. Yurtimiz madhiyasini tinglaganimizda 
qalbimiz faxr-iftixorga to‘ladi. Sportchilarimiz jahon may-
donlarida g‘olib bo‘lganlarida ham O‘zbekiston bayrog‘i 
ko‘tarilib, madhiyamiz yangraydi. 
Xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari


37
Qadimda jangchilar jang oldidan nog‘ora, karnay-sur-
naylar chalib ruhlantirilgan. Musiqa ohangi ularning qal-
bida ona-Vatanga bo‘lgan muhabbatni jo‘sh urdirgan. 
Inson hayotidagi eng quvonchli kun – to‘y ham kuy-
qo‘shiq bilan fayzli. Bu kunda odamlar qo‘shiq kuylab, 
raqsga tushib, dard-g‘amlarini unutadilar. 
Umumxalq bayramlarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar 
esa xalqni birdamlikka chorlaydi. 
To‘y-u tantanalar, bayram va ko‘ngilochar tadbirlar 
milliy cholg‘u asboblari sadosi bilan yanada qiziqarli 
bo‘ladi. Doira, chang, dutor, tanbur, rubob, g‘ijjak, nay, 
karnay, surnay singari milliy cholg‘u asboblari orqali 
Yunus Rajabiy
Iogann 
Sebastyan Bax
Volfgang 
Amadey Motsart
Lyudvig 
van Betxoven
Muxtor Ashrafiy
Mutal Burxonov

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling