M xoliqova, sh. Ergasheva
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSIQANING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
ULANADI BAYRAMLAR
Po‘lat Mo‘min Bayramlarga bayramlar, Ulanadi, qaranglar. Shodligimiz bu damlar, Qo‘shiq bo‘lib jaranglar. Bayram bo‘lib bahona, Ulanadi quvonchlar. Do‘stlar kulib do‘stona, Oshar yana ishonchlar. Bayramlarga bayramlar, Chiroyini sochadi. Tabriklashib odamlar, Dilga dilni ochadi. Bayramlarga bayramlar, Ulanadi, qaranglar. Shodligimiz bu damlar, Qo‘shiq bo‘lib jaranglar. 1. O‘zbekistonda qanday bayramlar nishonlanadi? 2. Sizga ko‘proq qaysi bayram yoqadi? Nima uchun? 3. Qaysi bayram ezgulik, mehr-oqibat, saxovat timsoli? Javobingizni izohlab bering. 4. Sizning oilangizda qanday an’analar mavjud? Bu haqda o‘rtoqlaringizga so‘zlab bering. 5. Bayram va marosimlarda inson o‘zini qanday tutishi kerak? 36 MUSIQANING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI Musiqa va qo‘shiqqa muhabbat inson qalbiga ona allasi bilan singadi. Go‘dak ona allasining ta’sirida orom oladi, tinchlanadi. Yaxshi musiqa insonning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tuyg‘ularini tarbiyalaydi, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Musiqa ohanglari insonni o‘ylashga chor- laydi, ezgulikka da’vat etadi. Alisher Navoiyning fikri- cha, «Fahm-farosatli sozanda ning yoqimli ijrosi hatto toshko‘ngil odamni ham maftun qiladi». O‘zbekistonda musiqa san’ati juda qadimdan rivoj- langan. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 3 ming 300 yil avval suyakdan yasalgan nay cholg‘usi topilgani bu ning isbotidir. O‘z davrida Amir Temur, Ali sher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur sozanda va xonandalarga homiylik qilganlar, o‘z asarlarida mu- siqa to‘g‘risida qiziqarli fikrlarni yozganlar. Musiqa insonga ta’sir etib, uni yuksak maqsadlar sari yetaklaydi. Yurtimiz madhiyasini tinglaganimizda qalbimiz faxr-iftixorga to‘ladi. Sportchilarimiz jahon may- donlarida g‘olib bo‘lganlarida ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraydi. Xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari 37 Qadimda jangchilar jang oldidan nog‘ora, karnay-sur- naylar chalib ruhlantirilgan. Musiqa ohangi ularning qal- bida ona-Vatanga bo‘lgan muhabbatni jo‘sh urdirgan. Inson hayotidagi eng quvonchli kun – to‘y ham kuy- qo‘shiq bilan fayzli. Bu kunda odamlar qo‘shiq kuylab, raqsga tushib, dard-g‘amlarini unutadilar. Umumxalq bayramlarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa xalqni birdamlikka chorlaydi. To‘y-u tantanalar, bayram va ko‘ngilochar tadbirlar milliy cholg‘u asboblari sadosi bilan yanada qiziqarli bo‘ladi. Doira, chang, dutor, tanbur, rubob, g‘ijjak, nay, karnay, surnay singari milliy cholg‘u asboblari orqali Yunus Rajabiy Iogann Sebastyan Bax Volfgang Amadey Motsart Lyudvig van Betxoven Muxtor Ashrafiy Mutal Burxonov Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling