32
da men o‘z asarlarimni faqat sizga sotgan bo‘lardim.
Vaholanki, sizning tasvirlaringizga xaridor juda ko‘p. Men
sizning marhamatingizdan ko‘ra o‘z mehnatim va hu-
narim bilan kun kechirishni ma’qul ko‘rdim.
Bu gaplardan so‘ng Alisher Navoiy g‘arib
musavvir-
ni o‘z homiyligiga oldi. Bu yigit kelajakda Sharqning
buyuk musavviri bo‘lib tanilgan Kamoliddin Behzod edi.
Amaliy san’at buyumlari
kim tomonidan yarati-
lishini toping va daftaringizga yozing.
1. Mamlakatimizda hunarmandchilikning qaysi
turlari rivojlangan?
2. Milliy liboslarimizning qanday turlarini bilasiz?
Ular ni sanab bering.
3. Yosh musavvir
nima uchun Navoiy huzuriga
bor madi?
4. O‘z mehnati bilan halol kun kechirish degan-
da nimani tushunasiz?
1)
musavvir;
2) zargar;
3) to‘quvchi;
4) chevar;
5) kulol;
6) naqqosh;
7) haykaltarosh.