M xoliqova, sh. Ergasheva
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
YURT TINCHLIGI UCHUN
BARCHAMIZ MAS’ULMIZ Quyidagi savolga javob bergan holda fikrni da- vom ettiring. Nima uchun tinchlikni asrashimiz lozim? Chunki... Tinchlik – bebaho ne’mat. Tinchlik bor joyda rivoj- lanish, o‘sish bo‘ladi. Bizning farovon hayotimiz, baxt- li bolaligimiz, zamonaviy maktablarda ilm olishimiz, o‘zimiz qiziqqan sport turlari bilan shug‘ullanishimiz tinchlik tufaylidir. O‘zbek xalqi – tinchliksevar xalq. Chunki xalqimiz tinchlik ning nechog‘li qadrli ekanini yaxshi biladi. Ota-bobolarimiz: «Yurting tinch – sen tinch», – deb be- jiz aytishmagan. Urush dahshatini, azob-uqubatlarini bobo va momo- la ri mizdan eshitganmiz, kinofilmlarda ko‘rganmiz. Ikkinchi 52 jahon urushi davrida navqiron yigitlar va ishga yaroq- li erkaklar urushga ketgan. Dalalar, zavod-fabrikalarda- gi og‘ir mehnat qariyalar, ayollar va bolalar zimmasiga tushgan. Urushda millionlab insonlar qurbon bo‘lgan. Bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlarida bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqealar har birimizni hushyorlik- ka undashi zarur. Notinch mamlakatlarda yashayotgan tengdoshlarimizning qorni nonga to‘ymaydi, ust-boshi yupun, yashash uchun hatto boshpanasi ham yo‘q. Ularning hayoti doimiy xavf ostida. Bolalar maktablarda bilim olish o‘rniga qorin to‘ydirish, jonini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Bunday voqealar osoyishta hayo- timizning qadriga yetishi miz kerakligini eslatib turadi. O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-mud- daolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi. Afsuski, bizning baxtli va farovon turmushimizni ko‘rolmayotgan, uni buzishga urinayotgan yovuz niyat- li kuchlar ham yo‘q emas. Ular har xil yo‘llar, aldovlar orqali ongimizni zaharlashga intiladilar. Bunday kimsa- larning changaliga ko‘proq bilimsiz, dunyoqarashi tor yoshlar tushib qoladi. Biz uchun eng yaqin do‘st – ota-ona miz, ustozlari- miz. Ulardan hech narsani yashirmasligimiz, har bir ishni ular bilan maslahatlashib qilishimiz lozim. Yomon niyatli kishilarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun esa yaxshi o‘qishimiz, ustozlarimiz va ota-onamizning ayt- ganlariga doimo rioya qilishimiz kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling