M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
filename-92

TAKRORLASH
Aziz o‘quvchi! Siz o‘tgan darslar mobaynida 
O‘zbekis ton ko‘p millatli mamlakat ekanligi, unda bar-
cha millatlar ahil-inoq yashayotganini bilib oldingiz. Shu 
bilan birga, tinchlik eng bebaho ne’mat ekanligini ang-
lab yetdingiz.
Yurtimiz qadimiy tarixga ega. Ajdodlarimizdan bizga 
boy ma’naviy va madaniy meros qolgan. Ularni ko‘z 


28
qorachig‘idek asrash, boyitish va kelajak avlodlarga 
yet kazish – har birimizning burchimizdir.
O‘tgan darslarimizning mazmun-mohiyati Islom Kari-
movning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kito-
bidan olingan quyidagi parchada ham o‘z aksini top-
gan: «Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, 
nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga 
muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi.
Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga 
muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi.
Albatta, jahon keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin 
bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yak-
ka-yu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin 
faqat bizga atalgan. Mana shu ulug‘ tuyg‘u har biri-
mizning dilimizga jo bo‘lishi, hayotimiz mazmuniga 
aylanishini istardim.
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy 
g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlar-
ga qodir bo‘ladi».
1. Tinchlikni asrash har bir insonning burchi. 
Siz tinchlikni asrash uchun nimalar qilishingiz 
kerak, deb o‘ylaysiz?
2. Xalqimiz ardoqlagan qadriyatlar haqida ga-
pirib bering.
3. Mustaqillik yillarida ma’naviy va madaniy 
merosimizni tiklash borasida qanday ishlar 
amalga oshirildi?
4. Qanday inson buyuk ishlarga qodir bo‘ladi?
5. Yurtimizdagi qadimiy shahar yoki tarixiy yod-
gorliklardan biri haqida ma’lumot to‘plang va 
matn tuzing.


29

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling