M xoliqova, sh. Ergasheva
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON – MADANIY VA MA’NAVIY MEROSLARGA BOY O‘LKA
HASHAR – ELGA YARASHAR
(Alisherning hikoyasi) Bizning mahalla ahli juda inoq. Mahalladoshlari- miz yolg‘iz, bemor kishilarning ahvolidan xabar olishni, qiy nalganlarga yordam qo‘lini cho‘zishni o‘z burchlari deb biladilar. Kimdir uy qurmoqchi yoki to‘y qilmoqchi bo‘lsa, hamma maslahatga yig‘iladi, har kim qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Menga, ayniqsa, har yili Mustaqillik va Navro‘z bayramla rida o‘tkaziladigan hasharlar yoqadi. Shu kuni bar- vaqt turib, dadam bilan mahallaga chiqamiz. Mahalladosh- lar bilan bir oila a’zolaridek qo‘lni qo‘lga berib mehnat qila miz: ko‘chalarni, ariq-zovurlarni tozalaymiz, ko‘chat eka- miz, daraxtlarga shakl berib, oqlaymiz. Keyin mahalla ahli dasturxon atrofida jamuljam bo‘ladi. Hamma topganini o‘rtaga qo‘yib, ko‘pchilik bilan birga baham ko‘radi. Hashar juda ko‘ngilli tadbir. Unga har kim: «O‘z his- samni qo‘shsam», – deydi. Hashar tugagach, ko‘cha va xonadonlari mizning sarishtaligini ko‘rib, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tariladi. 1. Qadriyat deganda nimani tushunasiz? Ajdodlari miz ardoqlagan qadriyatlar haqida gapirib bering. 2. Qaysi milliy o‘yinlarimiz kishida mardlik, halollik, jasurlik va epchillikni tarbiyalashga xizmat qiladi? 3. Hashar nima? Siz ham hasharda ishtirok et- ganmisiz? 4. Bobongiz, buvingiz yoki ota-onangiz bilan qadriyatlar mavzusida suhbat quring. Sizda qaysi urf-odat yoki an’analar katta taassurot qoldirdi? Nima uchun? 17 O‘ZBEKISTON – MADANIY VA MA’NAVIY MEROSLARGA BOY O‘LKA 1. Rasmlarda madaniy-ma’naviy merosimizning qanday namunalari aks etgan? 2. Siz yashayotgan hududda ham qadimiy obidalar bormi? Ular haqida so‘zlab bering. Biz ajdodlarimiz qoldirgan madaniy va ma’naviy yod gorliklar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ular yaratgan asarlar, kashfiyotlar biz uchun ma’naviy me- ros hisoblanadi. Tarixda buyuk tabib sifatida tanilgan zot bobokaloni- miz Abu Ali ibn Sinodir. Butun dunyodagi tibbiyot so- 2–Odobnoma, 4-sinf 18 hasi muta xassislari hozirgi kunga qadar u yaratgan ko‘p jildli «Tib qonunlari» kitobiga tayanadilar. Vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning nomi esa butun islom olamida hurmat-ehtirom bilan tilga olinadi. U eng ishon chli hadislarni to‘plab, «Al-Jome’ as-sahih» kito- bini tuzdi. Bu kitob islom dinida «Qur’on»dan keyingi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Abu Rayhon Beruniyning kitoblaridan qadimgi davrlar va odamlar haqidagi qimmatli ma’lumotlarni o‘qiymiz. Yevropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad al-Farg‘oniy esa o‘z kashfiyotlari bilan dunyoni lol qoldirgan. U Misrdagi Nil daryosi suvi sathini o‘lchay- digan asbobni ixtiro qildi. Bu kashfiyoti bilan u minglab odamlar ning hayotini suv toshqinidan asrab qoldi. Mirzo Ulug‘bek Samarqandda rasadxona barpo et- tirib, yulduzlar ilmini o‘rgandi. Uning «Ziji Ko‘ragoniy» asarida 1018 ta yulduzning falakdagi o‘rni aniq ko‘rsa- tib berilgan. Buyuk ajdodlarimiz nomi hamisha barhayot. Bel- giyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Mosk- va, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiyga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad al-Farg‘oniy xotirasiga muhtasham haykallar o‘rnatilgan. Yurtimiz tarixiy obidalarga ham boy. Dunyo ahli Sa- marqand, Buxoro va Xiva shaharlarini bir ko‘rsam deya orzu qiladi. Turli davrlarda bunyod etilgan me’moriy obidalar tariximizning naqadar ulug‘vorligidan dalo- lat berib turibdi. Shu bois ham bobomiz Amir Temur o‘zi qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga: «Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurdirgan binolarga bo- qing», – deb yozdirgan edi. 19 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-mod- dasida har bir fuqaro xalqning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashi lozimligi qayd etil- gan. Bunday yod gorliklar umumxalq boyligi hisoblana- di va ularni qasddan yo‘q qilish jinoyatdir. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling