M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
filename-92

1) Yurting tinch –
2) Tinchlik bilan el ko‘karar,
3) Bulbul chamanni sevar,
4) Tinchlik –
a) odam vatanni.
b) farovonlik yo‘ldoshi.
d) sen tinch.
e) Yomg‘ir bilan yer
ko‘karar.


10
O‘ZBEKISTON – KO‘P MILLATLI MAMLAKAT
1. O‘zbekistonda qaysi millat vakillari yashaydi?
2. Boshqa millat vakillaridan do‘stlaringiz bormi? 
Ular haqida so‘zlab bering.
O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat. Bugungi kun-
da yur timizda 130 dan ortiq millat va elatlar tinch-to-
tuv, farovon turmush kechirib kelmoqda. Har bir mil-
lat o‘zining azaliy qadriyatlari, tarixi, urf-odatlari bilan 
boshqa millatlardan farq qiladi. O‘zbeklar mehmondo‘st, 
mehnatsevar va bolajon xalq sifatida tanilgan.


11
Urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 
turli millatga mansub minglab insonlarga o‘zbek xalqi 
uyidan joy berdi. O‘ta og‘ir sharoit bo‘lishiga qaramay 
ko‘plab o‘zbek oilalari rus, ukrain, belorus va boshqa 
millatga mansub o‘nlab ota-onasiz qolgan bolalarni o‘z 
bag‘riga oldi. Xalqimiz bir burda nonini ular bilan bir-
ga baham ko‘rdi. Bu o‘zbekona bag‘rikenglikning bir 
ko‘rinishi edi.
Yurtimizda 
yashovchi 
millatlarning 
rivojlani-
shi, madaniyati, tili, dini va urf-odatlari taraqqiy eti-
shi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugun-
gi kunda O‘zbekistonda 150 ga yaqin milliy madaniy 
markaz lar faoliyat ko‘r satmoqda. 
Turli millat vakillari qo‘lni-qo‘lga berib mehnat qilsa
tinch-totuv yashasa, yurt yana-da obod, turmush esa 
faro von bo‘ladi.
Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi o‘z 
hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar-
ning tili, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini 
ta’minlashi, ular ning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi 
ham qayd etilgan.
Muqaddas kitoblarimizda ham inson aziz va mukar-
ram sanaladi. Shunday ekan, qaysi millatga mansub 
bo‘lmasin, insonni hamisha hurmat qilishimiz, zarur 
paytda undan yordamimizni ayamasligimiz darkor.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling