M xoliqova, sh. Ergasheva


YURT TINCHLIGI – EL BOYLIGI


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
filename-92

YURT TINCHLIGI – EL BOYLIGI
Qanday vaziyatda siz bilim olishingiz, do‘st-
laringiz bilan turli o‘yinlar o‘ynashingiz mumkin? 
Bayramlarni nishonlash, to‘y-tomoshalar qilish 
uchun nima zarur?
Vatanni katta oilaga o‘xshatish mumkin. Unda yashov-
chi insonlar esa ana shu oilaning a’zolaridir. Agar oila 
a’zolari hamjihat bo‘lib, tinch-totuv yashasalar, bunday oila 
qut-barakali bo‘ladi. Bunday oilaga hammaning havasi ke-
ladi. Demak, mamlakat taraqqiyoti uchun ham insonlar 
ahil-inoq yashashlari lozim.
Yurtimizdagi tinchlik tufayli biz bilim egallab, kundalik 
yumushlarimizni bajarib, oilamiz bag‘rida xotirjam hayot 
kechirmoqdamiz. Afsuski, ana shunday osuda turmushi-
mizni ko‘rolmaydigan, unga raxna solish niyatida bo‘lgan 
yovuz kimsalar ham yo‘q emas. Ular turli yo‘llar bilan 
tinchligimizni buzishga urinadilar. Biz yaxshi o‘qib, ota-ona-
miz va ustozlarimizning gaplariga quloq solsak, ularga qar-
shi kurashgan bo‘lamiz. Hamisha hushyor bo‘lib, begona, 
shubhali kishilarning shirin so‘zlariga uchmasligimiz lozim. 


8
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, 
«Agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir 
tan-u bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin 
chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon 
yengolmaydi».
1. Bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan vo-
qealar haqida nimalarni bilasiz?
2. Notinchlik hukm surayotgan mamlakatlardagi 
bolalarning hayoti haqida mulohaza yuriting. 
3. Tinchlikni asrash uchun nimalarga amal qi-
lishimiz lozim? 
BUYUK VATANPARVAR
Buyuk alloma Najmiddin Kubro donishmand va jasur 
inson bo‘lgan. Chinakam vatanparvarlik, jasorat degan-
da mana shunday ajdodlarimiz ko‘z oldimizga keladi.
Bir zamonlar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul-ta-
tar bosqinchilari yurtimizga bostirib kelgan. Bosqinchilar 
qishloq-shaharlarni talab, kulini ko‘kka sovurib ketardilar.
Najmiddin Kubroning ilm-ma’rifat o‘rganaman deb 
turli mamlakatlardan kelgan to‘rt yuzdan ortiq shogirdi 
bor edi. U shogirdlarini to‘plab, shunday dedi:
– Yurtimizga kelgan bu balo hamma yoqni yakson 
etadi. Har biringiz o‘z yurtingiz sari yo‘lga chiqing.
– Ulug‘ shayx, ot-ulovlar tayyor, vaqtni o‘tkazmay 
siz ham tinch joylarga keting, – deb iltimos qilishdi 
shogirdlari.
– Men bu urushda qurbon bo‘lishimni bilaman, 
ammo o‘z Vatanimni tashlab ketolmayman. Sizlarga 
esa oq yo‘l, – dedi shayx.


9
Najmiddin Kubro xalqni to‘plab, Vatanni himoya qi-
lishga chaqirdi. Ikki o‘rtada qattiq olishuv boshlan-
di. Naj middin Kub ro bir necha dushmanni urib yiqitdi. 
Nogahon bir o‘q uning ko‘ksini teshib o‘tdi. Holdan to-
yib, madori ketayotganini sezsa ham, oxirgi tomchi qoni 
qolguncha jang maydonini tashlab ketmadi. Dushman 
bayrog‘ini mahkam ushlab olgan holatda jon berdi.
Aytishlaricha, Najmiddin Kubroning jasorati hatto 
Chingiz xonni ham hayratga solgan ekan.
Tinchlik haqidagi maqollarni mazmunan mosini 
tanlab, davom ettiring va daftaringizga yozing.
1. Ota-onangiz bilan vatanparvarlik mavzusida suh-
bat quring. Suhbat asosida o‘zingizga yoqqan 
ibratli hikoya, voqea yoki rivoyatni daftaringizga 
yozing.
2. Buyuk vatanparvar hikoyasidan olgan taassurot-
laringiz bilan o‘rtoqlashing. Sizningcha, Najmiddin 
Kubro nima uchun shogirdlari bilan ketmadi?
3. Tinchlik mavzusidagi she’rlardan yod olganmi-
siz? Aytib bering.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling