12
Daftaringizga katakchalardagi harfarni to‘g‘ri joy-
lashtirib, millatlar nomini yozing.
J
T
K
O
I
K
Z
O‘
E
B
O
Q
O
Z
Q
A
T
R
T
A
TIL BILGAN EL BILADI
Sardorning opasi Nigora kollejda o‘qiydi. U – juda
odobli
va aqlli qiz, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrin-
dori. Nigora ingliz va rus tillarini o‘z ona tilidek biladi.
Nigora O‘zbekistonning turli hududlaridagi va chet
mamlakatlardagi do‘stlari
bilan xat yozishib, muloqotda
bo‘lib turadi. Ota-onasiga,
ukalariga ular haqida maroq
bilan so‘zlab beradi.
– Opajon, men ham sizga o‘xshab do‘stlarim ko‘p
bo‘lishini xohlayman. Buning uchun nima qilishim ke-
rak? – deb so‘radi bir kuni Sardor opasining hikoyasini
havas bilan tinglar ekan.
13
–
Buning uchun til bilishing, insonlarni chin dildan
yaxshi ko‘rishing kerak.
– Unda menga til o‘rganishim uchun yordam bera-
sizmi?
– Albatta,
til bilgan el biladi, deyishadi-ku. Buning
uchun o‘zingda qiziqish va intilish bo‘lsa, bas. Shunda
til o‘rganasan, boshqa xalqlar haqida ham bilib olasan.
Mana, menga turli millatga mansub do‘stlarim o‘zlari,
yurtlari va urf-odatlari haqida qiziq ma’lumotlarni yo-
zib turishadi. Kecha do‘stim Eliza o‘z vatani –
Buyuk
Britaniya, inglizlarning faxri bo‘lgan Big Ben, Temza
dar yosi va Britaniya muzeyi haqida yozib yuboribdi.
Uning aytishicha, muzeyda
biz ning tariximizga oid
ko‘plab eksponatlar, qo‘lyozmalar mavjud ekan. Men
ham unga O‘zbekiston, hayot tarzimiz,
urf-odatlarimiz
haqida yozib yuboraman.
– Eh, qanday yaxshi. Men ham tezroq til o‘rganib,
do‘stlarim ko‘payishini istayman, – dedi Sardor ko‘zlari
porlab.
Do'stlaringiz bilan baham: