M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
filename-92

BAXT QOMUSI
Qambar Ota
Vatanimni yashnatar
Istiqlolning ziyosi.
Xalqni baxtiyor etar
Erk, adolat dunyosi.
Hammaning haq-huquqi
Aniq bayon etilgan.
Halol yashash yo‘llari
Qonun qilib bitilgan.
Ozod mamlakatimda
Konstitutsiyam – baxtim.
Vatanga sodiq bo‘lib
O‘sish yurakda ahdim.
Doim himoyasida
Inson faxr, nomusi.
Yashasin mustaqillik
Yaratgan baxt qomusi.
1. Konstitutsiya so‘zi qanday ma’nolarni anglata-
di?
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
qachon qabul qilingan?
3. Konstitutsiyada belgilangan qanday hu quq-
larin giz dan foydalanmoqdasiz?
4. Bugun yurtimizda bolalarning baxtli yashashi, 
bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida 
so‘zlab bering.


44
BIZNING HUQUQ VA BURCHLARIMIZ.
QONUN-QOIDA, TARTIB TUSHUNCHALARI
Rasmlarda bolalar qanday huquqlaridan foyda-
lanmoqdalar?
O‘zbekiston 
Respublikasining 
barcha 
fuqarolari 
qonun oldida tengdirlar. Har birimiz o‘zimizga berilgan 
huquq va erkinliklardan foydalanayotganimizda bosh-
qa shaxslarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga, 
huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligimiz shart. 
Masalan, har bir fuqaro dam olish huquqiga ega. 
Hamma dam olayotgan vaqtda shovqin-suron solish, 
baland ovozda musiqa eshitish o‘zgalarning dam olish 
huquqini buzish hisoblanadi. 


45
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash, bir joy-
dan ikkinchi joyga ko‘chish, erkin fikrlash, so‘zlash va 
xohlagan diniga e’tiqod qilish huquqiga ega. Har bir 
inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish 
huquqiga ega. Yurtimiz fuqarolarining malakali tibbiy 
xiz matdan foydalanish, bepul ta’lim olish huquqi qonun 
yo‘li bilan belgilangan.
Har birimiz berilgan huquq va erkinliklardan foydala-
nish bilan birga, burch va majburiyatlarimizni ham bilib 
olishi miz kerak. Konstitutsiyaning 11-bobida fuqarolar-
ning burchlari bayon etilgan. Unda har bir kishi bosh-
qa insonlarning huquqlari, erkinliklarini, qadr-qimmatini 
hurmat qilishga maj burligi qayd etilgan.
Xalqimizning tarixiy, ma’naviy va madaniy yodgor-
likla rini avaylab-asrash har bir O‘zbekiston fuqarosining 
burchidir. Shuningdek, atrof-muhitni ifoslantirmasligimiz, 
tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishimiz lozim.
Ona-Vatanni himoya qilish, tinchligini ta’minlash-
ga hissa qo‘shish har birimizning sharafi vazifamiz va 
burchimizdir.
Dunyoda hamma narsa tartib asosiga qurilgan. Ma-
salan, katta ko‘chada ketayotgan avtoulovlar haraka-
tini ko‘z oldingizga keltiring. Yo‘l ikkiga ajratilgan va 
ulovlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilishi qat’iy 


46
belgilab qo‘yilgan. Agar avtoulovlar tartibsiz harakat qil-
sa, halokat sodir bo‘ladi. Jamiyat ham xuddi shunday 
tartib-qoidalar asosida ya shaydi, rivojlanadi. Qayerda 
tartib bo‘lmasa, o‘sha yer da buzilish, notinchlik bo‘la-
di. Shunday ekan, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solib turish uchun ham mustahkam qonun-qoi-
dalar kerak. Shu jihatdan olib qarasak, konstitutsiyani 
jamiyatni tartibga solib turuvchi qonun-qoidalar majmuyi 
deyish mumkin.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling