M xoliqova, sh. Ergasheva
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNING ARMIYA
OQIL BOBO NASIHATLARI
O‘z Vatanini sevmagan odam – yomon odam. Kim- da-kim o‘z ona-diyorining zamini-yu, oqar suvlarini, kimsasiz cho‘llari-yu, dala-dashtlarini qalbdan sevsa, u kam bo‘lmaydi. Zavol ko‘rmay, kamol topadi. Vatanga- do esa xalq qahr-g‘azabiga uchragan kishidir. Vaqti ke- lib unga hatto bir parcha yer ham, kafan ham buyur- maydi. Bir siqim ona yer tuprog‘i bir hovuch oltindan qimmat, deb bejiz aytishmagan. * * * Donishmanddan so‘rashibdi: – Siz uchun eng ulug‘ va mo‘tabar narsa nima? – Vatan, – deb javob beribdi u. – Nima uchun? – Sababi, shu tuproq, shu zamin – men tug‘ilib o‘sgan, kindik qonim to‘kilgan joy. Shu yerning tuzini totib, suvini ichib, havosidan nafas olib, ulg‘aydim, ka- mol topdim. Shu ning uchun u meni dunyoga keltirib, tarbiyalab katta qilgan onam kabi muqaddas. Onani Vatanga, Vatanni onaga taqqoslanishining boi- si ham ana shunda. 1. Mamlakatda notinchlik bo‘lsa, insonlarning turmushi qanday kechadi, deb o‘ylaysiz? 2. Ota-onangiz, bobo yoki buvingizdan tinch- lik qadri haqidagi hayotiy voqealardan so‘zlab berishni iltimos qiling va mazmunini daftaring izga yozing. 3. Tinch-osoyishta hayotni asrash uchun nima qi lishimiz kerak? 4. Nima uchun Vatan onaga qiyoslanadi? 54 BIZNING ARMIYA 1. Vatanni kimlar qo‘riqlaydi? 2. Vatan posboni – askar qanday bo‘lishi ke- rak? Har bir mamlakat xavfsizligini ta’minlash, tinchligini saqlash uchun o‘z armiyasini shakllantiradi. O‘zbekis- ton Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992-yil 14-yan- varda tashkil topgan. Shuning uchun har yil 14-yanvar- ni «Vatan himoyachilari kuni» sifatida nishonlaymiz. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlik dagi qo‘shinlar, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, Harbiy havo kuchlari, Maxsus qo‘shinlar, Chegara qo‘shinlari va boshqa harbiy tuzilmalardan tashkil topgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning armi- yamiz mamlakatimizni har tomonlama ishonchli himoya qila oladi. 55 Mustaqillik yillarida armiyamiz har jihatdan takomil- lashtirildi. Armiya eng zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlandi, askarlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Armiyada namunali xizmat qilgan askarlarga oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish chog‘ida ma’lum imtiyozlar berilmoqda. Harbiy san’at yurtimizda juda qadim zamonlar- dayoq rivoj langan. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur kabi ajdodlarimiz qo‘shin tuzish va uni boshqa- rish ishini, harbiy jang san’atini puxta egallagan edilar. Amir Temur qo‘shin tuzib, navkar olishda yigitlarning kuch-quvvatiga, chapdastligi va jasurligiga, aql-zakovati- ga e’tibor qaratgan. Bag‘rida o‘stirib-ulg‘aytirgan, yaxshi bilim olishi- miz, sog‘lom voyaga yetishimiz uchun qayg‘urgan ona-Vatanga xizmat qilish biz – yoshlarning sharaf- li burchimizdir. Bu ning uchun barchamiz astoydil bel bog‘lashimiz lozim. Muntazam sport bilan shug‘ullanib chiniqishimiz, fanlarni chuqur o‘zlashtirishimiz, dunyoqa- rashimizni kengaytirishimiz, til o‘rganishimiz shart. Ana shundagina biz chinakam yurt posboni bo‘lamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling