M xoliqova, sh. Ergasheva


mav judmi? Ulardan qaysilari yangicha nomlar bilan


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
filename-92

mav judmi?
Ulardan qaysilari yangicha nomlar bilan 
atalmoqda?
Kоsib, muhandis, dasturchi, kulol, do‘ppido‘z, 
fermer, dehqоn, misgar, kosmonavt, hаydovchi, 
jurna list, cho‘pon, aktyor, oshpaz, menejer, xattot, 
novvoy, qоzi, savdogar, chevar, tadbirkor, cho-
par, vazir, dizayner, tabib, arxitektor, karvonboshi
o‘qituvchi, rassom, shifokor, uchuvchi.


71
HUNAR VA HUNAR EGALLASHNING FOYDASI
HAQIDA MAQOLLAR
Ilmsizga ishonch yo‘q,
Hunarsizga quvonch yo‘q.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to‘kis bil.
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
Qunt bilan o‘rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Hunari yo‘q kishining,
Mazasi yo‘q ishining.
1. Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi Kon-
stitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd 
etilgan?
2. Inson nima uchun mehnat qiladi?
3. Kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish ke-
rak?
4. Universitet yoki kasb-hunar kollejlarida tahsil 
olayotgan aka-opalaringiz bormi? Ular bilan 
kasb tanlash mavzusida suhbatlashing.
5. Maqollarni o‘qib, ma’nosini izohlang.


72
KIM BO‘LSAM EKAN?
(Amaliy mashg‘ulot)
KASBLARNING RANGI QANAQA?

 
 

 
 
 
Miraziz A’zam
Har kasbning o‘zgacha, farqli rangi bor.
Mana, ko‘ring, novvoy – oppoq, xuddi qor.
Sochlari oq uning, qosh, kiprigi oq,
Ertalab qushlardan turar oldinroq.
O‘tyoqarning rangi qora-quradir,
Bo‘yoqchining rangi ola-buladir.
Zavodga kiring-da, ishchiga qarang:
Uning ish kiyimi ko‘kday havorang.
Ishlovchining qo‘li moyli, sap-sariq.
Tekinxo‘rning qo‘li rangsiz op-oriq.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling