M xoliqova, sh. Ergasheva
KASBLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
KASBLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qaysi bir odam halol kasb bilan mol-u dunyo topib, undan o‘zining va Tangrining boshqa ban- dalarining oziq-ovqati, kiyim-kechaklari uchun sarf qilsa, shularning hammasi unga sadaqa hukmida yoziladi. «Hadis»dan Rasmlarda tasvirlangan kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering. Har bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati va fazilati bor. Qaysidir kasbni egallash uchun chuqur bilim, yana qaysidir kasbning ustasi bo‘lish uchun esa tug‘ma iste’dod yoki mahorat talab etiladi. O‘qituvchilik sharafi kasblardan biri. Ustoz bo‘lishni istagan inson, eng avvalo, bolalarni chin dildan sevi- 67 shi, ke rak. O‘qituvchi bolalarga ilm-fan sirla rini o‘rgata- di, shu bilan birga, tarbiya ham beradi. Shu ning uchun xalqimiz o‘qituvchilarni e’zozlab, «Ustoz otangdek ulug‘», – deydi. Shifokor bo‘lishni orzu qilgan kishi o‘ta ziyrak, hush- yor va bilimdon bo‘lishi lozim. Chunki bemor hayoti shifokorning qo‘lida. Shifokorning birgina xatosi tufayli in- son bir umrga nogiron bo‘lib qolishi yoki hayoti xavf os- tida qolishi mumkin. San’atkor, rassom, shoir va yozuvchilar doimo el na zarida bo‘ladilar. Shuning uchun bu kasb egalari 68 tug‘ma iste’dod bilan bir qatorda yana ko‘pgina fazi- latlarga ham ega bo‘lishlari kerak. Ular xalqimiz tarixi, madaniyatidan boxabar bo‘lishlari shart. Mehnatsevar- lik ijod odamlari uchun eng zarur fazilat. Boisi ijodning bir foizi tug‘ma iste’dod bo‘lsa, to‘qson to‘qqiz foizi mehnatdir. Xalqimiz tadbirkor insonlarni qadrlaydi. Chunki bun- day kishilar xalq, Vatan uchun katta manfaat kelti- radilar. Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlikni rivoj- lantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlar o‘z korxonalarida xalqimiz ehtiyoji va chet mamlakatlarga sotish uchun turli mahsulotlar ishlab chiqarmoqdalar. Fermerlik ham olijanob kasblardan biri. Fermer na- faqat dehqonchilik va chorvachilikdan, balki to‘g‘ri ish yuritish, hisob-kitob hamda ilm-fanning eng yangi yu- tuqlaridan ham xabardor bo‘lishi kerak. Shunda uning ishlari yanada rivoj topadi. Inson qaysi kasbni tanlashidan qat’i nazar, o‘z ol- diga aniq maqsadlar qo‘yishi va uni amalga oshirish uchun tinmay intilishi lozim. Hayotda mashaqqatlarga chidagan va ularni yengib o‘tganlargina o‘z kasbining ustasi sifatida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladilar. 1. O‘qituvchi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim? 2. Nima uchun shifokordan o‘ta ziyraklik va hush yorlik talab etiladi? 3. Sizning mahallangizda ham tadbirkor va fer- merlar bormi? Ularning qilayotgan ishlari haqida so‘zlab bering. 4. Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz? Siz tanlagan kasb egasida qanday fazilatlar bo‘lishi kerak? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling