65
voqif bo‘lib qolgan edi. Gushtosb ko‘p o‘ylab o‘tirmay,
temirchilar oldiga bordi va ularga dedi:
– Ey birodarlar, men ham
temirchilik sirlaridan xa-
bardorman, meni o‘zingizga sherik qilib olsangiz.
Temirchilar rozi bo‘lishdi. Gushtosb bir necha mud-
dat ishlab pul yig‘di, so‘ng vataniga qaytib bordi.
U martabaga erishgan paytida
yosh-u keksani kasb-u
hunar o‘rganishga da’vat qildi. Bolalarni kunning birin-
chi yarmida o‘qitib, ikkinchi qismida hunar o‘rgatishga
farmon berdi.
«Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» kitobidan
Kasb-hunar va bilim haqida hadislar
Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydalirog‘idir.
* * *
Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir.
* * *
Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan
bajaradigan ishi va halol savdodir.
* * *
Sadaqaning afzali ilm o‘rganib, so‘ng uni
boshqalarga ham o‘rgatishdir.
1. Kasb-hunarlarning
birini ikkinchisidan ustun
qo‘yish mumkinmi?
2. Inson hayotda nimalarni yo‘qotishi mumkin-u,
nimalarni undan hech kim tortib ololmaydi?
3. Gushtosbning qiyin
vaziyatdan chiqib ketishi-
da unga nima yordamga keldi?
4. Siz qaysi hunarni egallashga qiziqasiz? Uni
puxta egallash uchun nima qilishingiz lozim?