M xoliqova, sh. Ergasheva


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1545963
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
filename-92

YAXSHILIK
Ra’no buvisiga dedi:
– Buvijon, ustozim yaxshilik haqida matn tuzib ke-
lishni topshirgan. Lekin men nima yozishni bilmayap-
man. Iltimos, yordam bering.
– Ustozing juda muhim topshiriq beribdi, qizalog‘im. 
Dun yo yaxshilik bilan fayzli. Hayotda odamlar bir-biriga 
faqat yaxshilik qilib yashashlari kerak. Yaxshilikka-yax-
shilik, yomonlikka esa yomonlik qaytadi.


77
Senga bir hikoyatni aytib beraman. Oqko‘ngil sher bir 
kuni sichqonni mushukning changalidan qutqarib yaxshi-
lik qilibdi. Oradan bir necha kun o‘tib, sher ovchining 
tuzog‘iga tushib qolibdi. Sherning yaxshiligini unutmagan 
sichqon o‘tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, uni ozod qilib-
di. Ko‘rdingmi, yaxshilik javobsiz qolmaydi.
– Buvijon, nega unda odamlar bir-birlariga yomonlik 
qiladilar?
– Birovga yomonlik qilish eng og‘ir gunoh. Yomon 
odam lar qilgan yomonliklarining jazosini albatta tor-
tadilar. Agar kimki bilib-bilmay gunoh ish qilib qo‘ysa, 
uni yuvish uchun orqasidan biror savobli ish ham qili-
shi kerak. Savobli ish qilsa, odamning o‘zi ham xur-
sand bo‘ladi. Shuni unut maginki, yaxshilikning ham
yomonlik ning ham katta-kichigi bo‘lmaydi.
– Men kimga yaxshilik qilsam ekan-a? – dedi 
Ra’no buvisining so‘zlaridan ta’sirlanib.
– Hozircha sening yaxshiliging odob-axloqingda, 
yaxshi o‘qishingda, ota-onang, ustozlaring so‘zlariga qu-
loq soli shingdadir. Hali hayoting oldinda, bolam. Ko‘p 
yaxshiliklar qi lishga ulgurasan, – dedi buvisi Ra’noning 
boshini silab.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz? Sizga 
ham birov yaxshilik qilganmi?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik 
bilan javob qaytarish kerakligini uqtiradilar?
3. «Yaxshilik» hikoyasini o‘qib, mazmuniga diqqat 
qiling. Ra’noning buvisi yaxshilikning foydasi, 
yomonlik ning zarari haqida nimalar dedi?
4. Siz ushbu hikoyadan qanday xulosa chiqar-
dingiz?


78

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling