M xoliqova, sh. Ergasheva
YURT TINCHLIGI – EL BOYLIGI
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
filename-92
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYUK VATANPARVAR
YURT TINCHLIGI – EL BOYLIGI
Qanday vaziyatda siz bilim olishingiz, do‘st- laringiz bilan turli o‘yinlar o‘ynashingiz mumkin? Bayramlarni nishonlash, to‘y-tomoshalar qilish uchun nima zarur? Vatanni katta oilaga o‘xshatish mumkin. Unda yashov- chi insonlar esa ana shu oilaning a’zolaridir. Agar oila a’zolari hamjihat bo‘lib, tinch-totuv yashasalar, bunday oila qut-barakali bo‘ladi. Bunday oilaga hammaning havasi ke- ladi. Demak, mamlakat taraqqiyoti uchun ham insonlar ahil-inoq yashashlari lozim. Yurtimizdagi tinchlik tufayli biz bilim egallab, kundalik yumushlarimizni bajarib, oilamiz bag‘rida xotirjam hayot kechirmoqdamiz. Afsuski, ana shunday osuda turmushi- mizni ko‘rolmaydigan, unga raxna solish niyatida bo‘lgan yovuz kimsalar ham yo‘q emas. Ular turli yo‘llar bilan tinchligimizni buzishga urinadilar. Biz yaxshi o‘qib, ota-ona- miz va ustozlarimizning gaplariga quloq solsak, ularga qar- shi kurashgan bo‘lamiz. Hamisha hushyor bo‘lib, begona, shubhali kishilarning shirin so‘zlariga uchmasligimiz lozim. 8 Mamlakatimiz birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, «Agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon yengolmaydi». 1. Bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan vo- qealar haqida nimalarni bilasiz? 2. Notinchlik hukm surayotgan mamlakatlardagi bolalarning hayoti haqida mulohaza yuriting. 3. Tinchlikni asrash uchun nimalarga amal qi- lishimiz lozim? BUYUK VATANPARVAR Buyuk alloma Najmiddin Kubro donishmand va jasur inson bo‘lgan. Chinakam vatanparvarlik, jasorat degan- da mana shunday ajdodlarimiz ko‘z oldimizga keladi. Bir zamonlar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul-ta- tar bosqinchilari yurtimizga bostirib kelgan. Bosqinchilar qishloq-shaharlarni talab, kulini ko‘kka sovurib ketardilar. Najmiddin Kubroning ilm-ma’rifat o‘rganaman deb turli mamlakatlardan kelgan to‘rt yuzdan ortiq shogirdi bor edi. U shogirdlarini to‘plab, shunday dedi: – Yurtimizga kelgan bu balo hamma yoqni yakson etadi. Har biringiz o‘z yurtingiz sari yo‘lga chiqing. – Ulug‘ shayx, ot-ulovlar tayyor, vaqtni o‘tkazmay siz ham tinch joylarga keting, – deb iltimos qilishdi shogirdlari. – Men bu urushda qurbon bo‘lishimni bilaman, ammo o‘z Vatanimni tashlab ketolmayman. Sizlarga esa oq yo‘l, – dedi shayx. 9 Najmiddin Kubro xalqni to‘plab, Vatanni himoya qi- lishga chaqirdi. Ikki o‘rtada qattiq olishuv boshlan- di. Naj middin Kub ro bir necha dushmanni urib yiqitdi. Nogahon bir o‘q uning ko‘ksini teshib o‘tdi. Holdan to- yib, madori ketayotganini sezsa ham, oxirgi tomchi qoni qolguncha jang maydonini tashlab ketmadi. Dushman bayrog‘ini mahkam ushlab olgan holatda jon berdi. Aytishlaricha, Najmiddin Kubroning jasorati hatto Chingiz xonni ham hayratga solgan ekan. Tinchlik haqidagi maqollarni mazmunan mosini tanlab, davom ettiring va daftaringizga yozing. 1. Ota-onangiz bilan vatanparvarlik mavzusida suh- bat quring. Suhbat asosida o‘zingizga yoqqan ibratli hikoya, voqea yoki rivoyatni daftaringizga yozing. 2. Buyuk vatanparvar hikoyasidan olgan taassurot- laringiz bilan o‘rtoqlashing. Sizningcha, Najmiddin Kubro nima uchun shogirdlari bilan ketmadi? 3. Tinchlik mavzusidagi she’rlardan yod olganmi- siz? Aytib bering. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling