M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Download 1.5 Mb.
bet1/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

Kimyo-biologiya fakulteti Magistratura bo’limi
Biologiya(turlari boʻyicha)yo’nalishi
M022-5-guruh magistranti
Boysunova Maftunaning
Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan

KURS ISHI

Mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari



Bajardi:
Qabul qildi:

Qarshi – 2023
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………….... 3
I-BOB. Bioxilma-xillikni biosfera va inson hayotidagi ahamiyati................... 6
1.1. Bioxilma-xillik oʻzi nima. Inson va bioxilma-xillik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar…………………………………………………………………....... 6
1.2. Bioxilma-xillik va oziq-ovqat xavfsizligining umumbashariy muammolari….8
II-BOB. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi…11
2.1. O‘zbekistonda mustaqillik davrlarida bioxilma-xillikni saqlash bo’yicha amalga oshirilgan jarayonlar va tadbirlar…………………………………………11
2.2. O’zbekistonda kelajakda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiya maqsadi, vazifalari va yo’nalishlari……………………………………19
III-BOB. О‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarish sabablari va undan oqilona foydlanish ……………………………………………………………....27
3.1. O‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarishi sabablari…………………….….27
3.2. Bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar………………………31
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………37
Ilova …………………………………………………………………………...…38



Kirish
Yer shari aholisi keyingi 150 yil ichida juda tez o`smoqda. Yerda aholini o`sishi, ko`plab o`simlik va hayvon turlarini yashash joylarini qisqarishi, tabiiy sistemalarni buzulishiga sabab bo`lmoqda. O`rmonlarni qisqarishi, hududlarni cho`llanishi juda jadal bormoqda. Daryolar oqimini boshqarilishi, foydali qazilma boyliklarini qazib olish, qishloq xo`jaligi ekinlari uchun yangi yerlarni o`zlashtirilishi, yo`llar qurush, quvurlar yotqazish va insoniyat tomonidan har qanday xo`jalik faoliyati yuritish ekosistemalarni o`ziga xos tabiiy xususiyatlarini va organizmlar yashash sharoitini o`zgartiradi. Tabiatda turlar sonini qisqarishi, ularni genetik xilma-xilligini kamayishiga olib keladi va natijada ular o`zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslasha olmay qoladi. Bu jarayon uy hayvonlari va madaniy o`simliklarga ham ta`aluqli.
Inson ko`pgina turlarni yashash joyini o`zgartirishi oqibatida, uni o`zi iqlim isishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Muhitning tez o`zgarishiga moslashish xususiyatida ega bo`lmagan ba`zi turlar hududni tashlab ketadi yoki nobud bo`ladi. Ikkala holatda ham tabiiy tuzilmaning turlar xilma-xilligi kamayadi. Bu paytda jadal iqlim isishi tufayli odam va hayvonlarni xavfli kasalliklarini tashuvchi ayrim turlar (bezgak, ensefalit va boshqalar) areali kengayadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yil 3-4 iyunda Rio-de-janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan Atrof muhit muhofazasi va rivojlanishi bo`yicha Xalqaro konferensiyasi ,,Bioxilma-xillik va uni muhofazasi” yo`lida eng muhim voqea bo`ldi. Konferensiya qatnashchilarining asosiy e`tibori-insoniyatni barqaror rivojlanishi yo`llariga qaratilgan bo`lib, natijada unda quyidagi muhim hujjatlar qabul qilindi:

  • Atrof muhit va rivojlanish bo`yicha Dekloratsiya;

  • ”XXI asr kun tartibi” uzoq muddatli global masshtabli harakat Dasturi;

  • Barcha turdagi o`rmonlarni o`zlashtirish, muhofaza qilish va oqilona foydalanish Prinsiplari;

  • ”Biologik xilma-xillik bo`yicha” va ”Iqlim o`zgarishi bo`yicha” Konvensiyalar qabul qilindi.

”Biologik xilma-xillik bo`yicha” Konvensiya Yevropa Ittifoqi va Dunyoning 153 davlati vakillari tomonidan imzolandi. Buning davomiga yana 14 ta davlat qo`shildi. Shunday qilib bu Konvensiya Xalqaro darajada keng qo`llab quvvatlandi.
Biologik xilma-xillik haqidagi konvensiyada quyidagi Dekloratsiyalar qabul qilindi.

  • Biologik xilma-xillikni saqlash;

  • Biologik xilma-xillik komponentlaridan barqaror foydalanish;

  • Genetik resurslardan foydalanishidan keladigan daromadlarni teng taqsimlash.

Yuqoridagilardan uchinchi maqsad – aniq harakterda bo`lib, yani genetik resurslarga hukumronlik qiluvchi (Janub davlatlari) hamda yuqori zamonaviy texnologiyalar va potensialga ega va bu resurslardan iste’mol mahsulotlari yaratuvchi davlatlar (Shimol davlatlari) o`rtasida o`zaro munosabatlarni belgilaydi. Shunday qilib Konvensiya faqatgina diqqatni biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, saqlashga qaratmasdan balki biologik xilma-xillik muammolarini muvoffaqiyatli yechimlarini topish sharoitlarini ham belgilaydi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling